“Trastbank” xodimlari o'rtasida “Spartakiada – 2024” sport musobaqalari o'tkazildi
27 avg 12:18
Yangiliklar
“Trastbank” xodimlari o'rtasida “Spartakiada – 2024” sport musobaqalari o'tkazildi
Xususan, moliya muassasasi tizimida “Spartakiada” sport musobaqalarini o'tkazish anana tusini olganligi bunga yaqqol misoldir. Unda Bosh ofis hamda hududlardagi bank xizmatlari ofislari jamoalari sportning bir qator turlari bo'yicha o'zaro bellashib o'z iqtidorlarini namoyon etib kelishmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi hamda “Trastbank” XABning 30 yillik tantanalari arafasida o'tkazilgan “Spartakiada – 2024” sport musobaqalari jamoalarni bir maqsad sari jamladi. U ham bo'lsa shohsupadan munosib o'rin olish hamda o'zaro do'stona aloqalarni yanada mustahkamlashdir.
Joriy yilning 17 avgust kuni start olgan ushbu musobaqa bugun o'z nihoyasiga etdi. Uch kun mobaynida, yani 17-18- va 24 avgust kuni bo'lib o'tgan bellashuvlarda Bosh ofis, Amaliyot boshqarmasi va hududlardagi bank xizmatlari ofislarining vakillaridan tashkil topgan jami 15 ta jamoa, 400 nafarga yaqin ishtirokchi mini futbol, stol tennis, shaxmat, voleybol, basketbol bo'yicha guruh bosqichlari, yarim final va final o'yinlarida shiddatli hamda qizg'in bahslar olib borishdi.
“Spartakiada – 2024” musobaqalarida umumiy hisobda jami 1000 nafardan ortiq xodimlar qamrab olingani unga bo'lgan ishtiyoq tobora ortib borayotganidan darakdir.
24 avgust kuni Bugun barcha sport turlari bo'yicha g'olib jamoalar nomi aniq bo'lgach, tantanali taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi. Unda “Trastbank” xususiy akciyadorlik banki Kuzatuv Kengashi Raisi Tohir SHaripov, Boshqaruv Raisi Sardor Normuxamedov so'zga chiqib, sport hayotimizning ajralmas qismi hisoblanishini va yurtimizda olib borilayotgan siyosatga ko'zgu ekanligini takidladi. Qolaversa, bu belllashuvlar “Trastbank” jamoasining nafaqat jismoniy kamolotiga hissa qo'shishiga, balki hamkasblar orasida jamoaviy ruh, yakdillik va birdamlikni oshirishiga xizmat qilishini bildirdi.
Taqdirlash marosimida Parij shahrida bo'lib o'tgan XXXIII olimpiada o'yinlarida Vatanimiz shanini munosib himoya qilgan, O'zbekiston iftixorlari ham ishtirok etdi. SHu jumladan, Bahodir Jalolov, Abdumalik Xaloqov, Lazizbek Mullajonov, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ishtirokchilarni jamoa azolarini muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh Kotibi Oybek Kasimov, “Paxtakor” futbol klubi bosh murabbiyi Maksim SHackix ham qatnashib, jamoalar azolarini ushbu sport bayrami bilan muborakbod etib, bu kabi musobaqalarni muntazam ravishda o'tkazish zarurligini, bu eng avvalo, jamoaning bir kuch bo'lib harakatlanishida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Ishonch bilan aytish mumkinki, ishtirokchilar o'zlaridagi bor mahorat va irodani, matonat va qatiyatni, topqirlik va chaqqonlikni, qolaversa, g'alaba sari bo'lgan shijoatni to'la namoyish eta oldilar. Har bir sport turi bo'yicha jiddiy va murosasiz kechgan kurashlarda g'olib bo'lgan jamoalar shohsupadan munosib joy egallashdi.
Xususan, shaxmat musobaqalarida dona surishlarda kechgan bahslar eng kuchli shaxmat ustalarining topqirliklari va aql-idroklarini yana bir marotaba sinovdan o'tkazdi. Natijalarga ko'ra, “Toshkent” BXO jamoasi III o'rin, Buxoro” BXO jamoasi II o'rinni egalladi. Eng oliy o'rin esa Bosh ofis jamoasiga nasib qildi.
Xuddi shunday stol tennisi bo'yicha musobaqalar ham o'zgacha zavq-shavq va hayajonli shukuhda start oldi. Hal qiluvchi bo'limlarda Bosh ofis, “Namangan”, “Andijon”, “Samarqand” BXO jamoalari o'zaro bahslarga kirishgan bo'lsa, yakunda shohsupaning eng yuqori pog'onasini “Andijon” BXO jamoasi egalladi. II o'rindan o'yinlarda o'z epchilliklari bilan muxlislar etirofiga sazovor bo'lgan “Namangan” BXO jamoasi, III o'rindan esa qatiyatli va muvozanatli o'yinlar ko'rsatgan Bosh ofis jamoasi vakillari joy oldi.
Yana bir muhim jihat. “Spartakiada – 2024” sport musobaqalarida erkaklar qatori xotin-qizlar ham faol ishtirok etgani tahsinga sazovor, albatta. Ayollar o'rtasida o'tkazilgan voleybol musobaqalarining yarim final bahslarini “Bektemir” va “Termiz” BXO jamoalari boshlab bergan bo'lsa, shiddatli kurashlarni Bosh ofis va “Andijon” BXO jamoalari davom ettirdi.
Murosasiz kechgan bahslardan so'ng musobaqaning finaliga “Andijon” BXO va “Termiz” BXO jamoalari etib kelishdi. Ikki kuchli jamoaning qarama qarshiligida kechgan final o'yini ham tomoshabinlar qiziqishi va olqishlari ostida o'tdi. Natijada “Andijon” jamoasi matonatli o'yin ko'rsatib muvaffaqiyatga erishdi.
Basketbol maydonlaridagi to'p olib qochishlar ham barchaning diqqat markazida bo'ldi. “Termiz”, “Yakkasaroy”, “Namangan” BXO va Bosh ofis jamoalari do'stona qo'l berishgan holda yarim final bahslariga kirishdi. O'yinlarda birdamlik bilan zarur paytda kerakli texnika elementlarini bajarib jamoaviy o'yin namoyish qilgan “Namangan” BXO va Bosh ofis jamoalari final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Final uchun olib borilgan bahslarda to'p uzatish, olib yurish, ilib olish va savatga tashlash borasida mahorat bilan epchillik ko'rsata olgan Bosh ofis jamoasi raqib jamoani ochkolar hisobida ortda qoldirib shohsupaning eng yuqori pog'onasini zabt etdi. O'ziga xos shiddatli o'yin olib borgan “Namangan” BXO jamoasi faxrli II o'ringa, “Yakkasaroy” BXO jamoasi esa III o'ringa sazovor bo'ldi.
Bilamizki, azaldan futbol – sport qiroli. Unda millionlab muxlislar hayajon ostida qalqib turadi. Hech shubha yo'qki, yashil maydon uzra tomoshabinlar hayqirig'i ila boshlangan ushbu o'yinga hammaning nigohi qaratilgan bo'lib, qizg'in bahslar katta qiziqish bilan kuzatib borildi.
Final uchrashuvi Temuriylar yurti vakillari “Qarshi” BXO jamoasi hamda Boburiylar yurti “Andijon” BXO jamoasining qarama-qarshiligida kechdi. O'yin ko'tarinki ruhda boshlanib, hakamning “stop” hushtagi yangraguncha barchani birdek hayajonda ushlab turdi.
Dastlabki daqiqalardayoq “Qarshi” jamoasi vakillari faollik ko'rsatib, “Andijon” jamoasi darvozasini ishg'ol qildi. Keyingi daqiqalar esa keskin burilishlar, kutilmagan tashabbuslar, tinimsiz hujumlarga boy bo'ldi. Natija 6:2 hisobda tabloga qayd etildi.
Darvozabonining mahorati va futbolchilarning aniq zarbalari hisobiga “Qarshi” jamoasi “Spartakiada – 2024” sport musobaqalarida mini futbol bo'yicha mutloq g'olibga aylandi.
Qolaversa, “Andijon” BXO jamoasi faxrli II o'rin, “Raqamli” BXO jamoasi esa III o'rindan joy oldi.
SHundan so'ng, g'olib va sovrindor jamoalar shohsupaga taklif etilib, ularga “Trastbank” xususiy akciyadorlik banki rahbariyati tomonidan tasis etilgan I, II, III darajali diplom, esdalik sovg'alari hamda “Spartakiada – 2024” kubogi topshirildi. Bundan tashqari, barcha jamoalar faol ishtiroki uchun maxsus faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. SHuningdek, joriy “Spartakiada – 2024” sport musobaqalarida faollik ko'rsatgan “Eng yosh ishtirokchi”ga ham esdalik sovg'alari topshirildi.
Muxtasar qilib aytganda, joriy yilgi “Spartakiada” o'yinlari o'zgacha shukuh va zo'r ishtiyoq bilan bo'lib o'tdi. Boisi, Temuriylardek kuch-g'ayrat va shijoatga boy mard o'g'lonlar, To'marisdek qatiyatli va chaqqon qizlardan tashkil topgan har bir jamoa yodda qolarli o'yinlarni taqdim etishdi.
Bankning 30 yillik to'yiga munosib tuhfa taqdim etgan ana shunday sportsevar xodimlarni “Spartakiada – 2024” sport musobaqalarida erishgan muvaffaqiyatlari bilan muborakbod etamiz. “Trastbank” sizlar kabi mard va jasur o'g'lonlari hamda epchil xotin-qizlari bilan faxrlanadi!
“Trastbank” XAB
Axborot xizmati
Fikrlar