So’nggi yangiliklar

21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  2 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   1 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  52 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  14 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2

Transfer oynasi. "O'ynashga ishonib, ersiz qolmang" Yangiliklar

Transfer oynasi. "O'ynashga ishonib, ersiz qolmang"

4 iyul kuni O'zbekistonda transfer mavsumi ochilgan edi (30 iyulga qadar davom etadi).

2-davraga tayyorgarlikni davom ettirayotgan klublar o'z tarkiblarini kuchaytirish uchun jiddiy harakat qilishmoqda. Masalan, "Lokomotiv", "Metallurg" va "Navbahor" safiga qo'shilgan yangi o'yinchilar rasman elon qilindi.

Ammo bazilarning transfer bozoridagi harakati cheklangan. Bular qatoriga "Buxoro", "Andijon", "Neftchi" va "Qo'qon-1912" kabi klublarni kiritish mumkin. SHunday bo'lsada, mazkur jamoalar yig'iniga yangi nomlar qo'shilayotgani etiborimizni tortdi. "Neftchi" tarkibida Dilshod Jo'raev va tojikistonlik Zoir Jo'raboevni ko'rdik. Asiljon Begimqulov bilan Timur Usmonov "Buxoro"da ko'rinish berdi.

SHu va boshqa futbolchilar o'ynashga ishonib, klubsiz qolmasligi uchun O'zPFL ijroiya qo'mitasining 15 iyunda elon qilingan qarorini eslatib o'tamiz. Unda o'z ishchi-xodimlari, futbolchilar va boshqa klublar oldida katta qarzdorligi bor jamoalar yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligi takidlangan. Futbolchilar shunday klublar bilan shartnoma imzolab qo'ymasligi uchun O'zPFL va Futbolchilar uyushmasidan yangi klub haqida malumot olishi tavsiya qilingan. 

Bilasiz, Zoir Jo'raboevning "Surxon" bilan 2022 yilning oxiriga qadar amal qiladigan shartnomasi bor edi. Agar u "uchar tulporlar" bilan hamkorlikni to'xtatib, "Neftchi" bilan yangi shartnoma imzolasayu, Farg'ona klubi 13 kun ichida qarzlaridan qutila olmasa, O'zPFL Jo'raboevga musobaqada ishtirok etish uchun licenziya bermaydi. Bu himoyachi kamida 6 oy maydon tashqarisida qolib ketadi degani.


O'z navbatida, qarzdorligi mavjud bo'la turib yangi futbolchi bilan shartnoma imzolagan hamda uning karerasiga salbiy tasir ko'rsatgan klublarga nisbatan O'FAning tegishli qo'mitasi orqali ish ochiladi.

Xullas, endi eski qarzlaridan qutilmagan jamoalar yangi nomlarga pul tikib, ularning xizmatidan foydalana olmaydi. Bu yo'l bilan barcha (ayniqsa, ayol futbolchi va futzalchilar)ning haqlarini himoya qilish ko'zlangan. 

SHu o'rinda barcha futbolchilarga yangi klub bilan shartnoma imzolashdan oldin uning moliyaviy holati haqida O'zPFL yoki Futbolchilar uyushmasidan malumot olishni maslahat beramiz. Aks holda, maydon tashqarisida qolib ketasiz...

obuna bo'ling → "Futbol analizi"

Muallif :
Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика