"Tottenxem" "Torino"ning ikki himoyachisi uchun 50 mln evro taklif qilmoqda
21 apr 2022 18:50
Yangiliklar
"Tottenxem" "Torino"ning ikki himoyachisi uchun 50 mln evro taklif qilmoqda
"Tottenxem" "Torino" himoyachilari Gleyson Bremer va Uilfrid Singo uchun 50 million evro taklif qilmoqda.
O'yinchilarga shaxsan "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte qiziqish bildirmoqda.
Singo joriy mavsum "buqalar" safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi.
21 yoshli ivuarlik futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Bremerning bitimi esa 2024 yilning iyunida yakunlanadi. 25 yoshli braziliyalik joriy mavsum "Torino" tarkibida 30ta o'yinda harakat qilib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar