So’nggi yangiliklar

00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   33 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  218 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0

Toshloq tumanida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi Yangiliklar

Toshloq tumanida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi

SHu kunlarda yurtimizda Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar, musobaqalar va ko'ngilochar dasturlar tashkil etilmoqda.
Farg'ona viloyati Toshloq tumanida ham shunday musobaqa futbol turi bo'yicha o'tkazildi. Tashkil etilgan futbol turnirida 4 jamoa qatnashdi. O'yinlar boshlanishidan avval Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida iliq fikrlar bildirildi. Musobaqa tashkilotchilari qatnashchilarga omad tiladilar. SHundan so'ng o'yinlar boshlanib ketdi.

Dastlabki bahsda Marg'ilonning ikki jamoasi to'qnash keldi. O'ram mahallasining "O'ram" jamoasi qo'shnilari Baxrinning "Baxrin" jamoasiga qarshi saf tortdilar. Bu ikkala jamoa o'rtasidagi bahs qiziqarli kechdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqasida o'ramliklar tomonidan kiritilgan to'p yagonaligicha qoldi va final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Ikkinchi finalchi nomini aniqlash uchun Xamrakning "Qizil oy" jamoasi So'filarning "Oq oltin" jamoasiga qarshi bahsga kirishdi. Keskin kurashlarga boy bo'lgan uchrashuvda "Oq oltin" jamoasining qo'li baland keldi. Yakuniy hisob 2:1. Turnirning finali haqiqiy drammatikani tuxfa etdi. Turnirning so'nggi o'yinida raqibidan ancha mazmunli o'yin namoyish etgan "Oq oltin" jamoasi 2:0 hisobida g'alaba nashidasini surdi. Turnir yakunida musobaqa qatnashchilariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari taqdim etildi. Bosh sovrin billur kubok "Oq oltin" jamoasiga nasib etdi. SHu tariqa Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan musobaqa yakunlandi.


Komiljon Ikromov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика