So’nggi yangiliklar

19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  1 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  4 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   5 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  11 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  3 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  21 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1

Toshkent oliygohlarining talaba qizlari o'rtasida futbol turniri o'tkazilmoqda Yangiliklar

Toshkent oliygohlarining talaba qizlari o'rtasida futbol turniri o'tkazilmoqda

Malumki, ayni vaqtda Kanadada bo'lib o'tayotgan futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati (06.06.-05.07.2015) bo'lib o'tmoqda.
O'zbekiston Ayollar futboli associaciyasi va Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda O'zbekistonda ayollar futbolini qo'llab-quvvatlash maqsadida 2015 yil 22 iyundan 28 iyungacha Toshkent oliygohlarining talaba qizlari o'rtasida ilk marotaba futbol turniri o'tkazilmoqda. Ushbu musobaqa Germaniya va O'zbekiston o'rtasidagi sport sohasiga oid sermahsul hamkorlikning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Turnirda quyidagi oliygohlarning talaba qizlaridan iborat futbol jamoalari ikki guruhga bo'lingan holda ishtirok etishmoqda: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent shahridagi INHA universiteti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti (O'zDJTU), Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti (TDPU), K. Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti (TATU) va I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali.

Guruh bosqichi (22.-24.06.2015) va yarim final (26.06.2015) o'yinlari O'zbekiston futbol federaciyasi binosi oldidagi Kelajak futbol poydevori sportkompleksi hududida bo'lib o'tadi.

Turnirning final o'yini va tantanali yopilish marosimi esa 2015 yil 28 iyun kuni soat 19:00da “Bunyodkor” markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Final o'yiniga bepul chiptalarni “Bunyodkor” stadionining marketing bo'limidan (tel. 230-93-39) yoki Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasidan (SH. Rashidov ko'chasi, 15) olish mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика