To'rt nafar FIFA hakamimiz Osiyo CHempionlar ligasi pley-off bosqichi uchrashuvini boshqaradi
28 iyu 2023 17:18
Yangiliklar
To'rt nafar FIFA hakamimiz Osiyo CHempionlar ligasi pley-off bosqichi uchrashuvini boshqaradi
Joriy yilning 22 avgust kuni Xitoyning Xujou shahrida Osiyo CHempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida “CHjecyan” (Xitoy) hamda “Tay Port” (Tailand) klublari o'zaro to'qnash keladi.
Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu uchrashuvni boshqarish to'rt nafar hakamimizning zimmasiga yuklatilgan.
To'rt nafar FIFA hakamimiz — Ahrol Risqullaev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov hamda Rustam Lutfullin OFK tomonidan ushbu uchrashuv uchun jalb etilgan.
Bundan tashqari, dastlabki saralash bosqichidan o'rin olgan “Li Man” – “Bali Yunayted” uchrashuvi uchun hakamlar nazoratchisi sifatida yana bir vakilimiz — Vladislav Ceytlin tayinlov olgan.
Vakillarimizga ushbu uchrashuvlarda omad tilaymiz!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar