So’nggi yangiliklar

18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  1 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  3 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  5 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  5 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  6 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  2

To'raevdan Qosimovgacha: 5-turning eng yaxshilari Yangiliklar

To'raevdan Qosimovgacha: 5-turning eng yaxshilari

Kecha Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin olgan uchrashuvlarga yakuniga etdi.

Championat.asia o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Neftchi" kiperi Akbar To'raev Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

U ajoyib o'yini orqali jamoasi "Andijon" bilan bahsda jamoasining g'alabasiga xissa qo'shdi va o'z darvozasi dahlsizligi saqlab qoldi.



OKMK sardori Sanjar Tursunov Championat.asia talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.

Turning markaziy o'yinida "Navbahor"ga qarshi bahsda Tursunovning faolligi tufayli yakunda Olmaliq jamoasi irodali g'alabani tantana qildi.  Tursunovning burchakdan uzatgan to'pini Jo'rabekov o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. Aynan Sanjarning ajoyib reydidan keyin Ruben Sanches g'alaba golini urdi.



"Metallurg" hujumchisi Zabihillo O'rinboevning "So'g'diyona" darvozasiga urgan goli Championat.asia talqiniga ko'ra 5-turning chiroyli goli (VIDEO) deb topildi.  

O'rinboev kam gol uradi, ammo ursa ham deyarli doim chiroyli uradi. Zabihillo jarima maydoni tashqarisida turib, sherigidan to'pni so'radi va to'xtatmasdan darvozaning yuqori burchagiga ajoyib gol urdi.



OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Championat.asia talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Ko'pchilik o'yindan avval safarda o'ynasa ham "Navbahor"ning imkoniyatini yuqori baholagandi. Biroq markaziy o'yinda Qosimov jamoasi iroda namoyish etib, 62-daqiqada 0:1 hisobidagi mag'lubiyatni yakunda 2:1 hisobida g'alabaga o'zgartira oldi. SHu bois ham saytimiz ekspertlari Mirjalol Qosimovni eng yaxshi deb topishdi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика