Toni Kroos: "PSJ bu bosqichda duch kelishi mumkin bo'lgan eng kuchli raqib. Ammo biz "Real"miz"
14 dek 2021 23:31
Yangiliklar
Toni Kroos: "PSJ bu bosqichda duch kelishi mumkin bo'lgan eng kuchli raqib. Ammo biz "Real"miz"
Futbolchi keyingi bosqichga chiqishga ishonmoqda.
"Real Madrid" klubi himoyachisi Toni Kross ECHL 1/8 bosqichiga tashlangan qura natijalari haqida gapirdi. Qirollik klubi ushbu bosqichda PSJ bilan to'qnash keladi.
"Boshqa syurprizlar bo'lmaydi deb umid qilamiz. Ajoyib juftlik. PSJ bu bosqichda duch kelishi mumkin bo'lgan eng kuchli raqib. Ammo, aynan shuning uchun biz futbol o'ynaymiz. Bu o'yinlarni intizorlik bilan kutyapman.
Ko'ramiz nima bo'ladi. Ammo, biz "Real"miz va keyingi bosqichga chiqishga doim ishonamiz. Hozirda ECHL qurasi haqida ortiqcha bosh og'ritish vaqti emas. Biz chempionatga bor etiborimizni qaratishimiz kerak. Keyin esa CHempionlar Ligasi". -deydi Toni Kroos.
Eslatib o'tamiz PSJ va "Real Madrid" o'rtasidagi birinchi uchrashuv 15 fevral kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar