Tomas Myuller faoliyatini yakunladi - “Bavariya” afsonasi so'nggi so'zini aytdi
07 iyu 09:58
Yangiliklar
Tomas Myuller faoliyatini yakunladi - “Bavariya” afsonasi so'nggi so'zini aytdi
"Bu mening oxirgi o'yinim bo'ldi. Yaqin kunlarda kayfiyatim qanday bo'lishini ko'raman. Men bu haqda avval ham bir necha marta gapirganman. Har bir narsaning oxiri bo'ladi, va men buni qabul qilishim kerak. Shu jihatdan hech narsa o'zgarmadi, agar bu daqiqalar men uchun allaqachon etib kelgan bo'lsa ham", — dedi Myuller.
Tomas Myuller — "Bavariya" tarbiyalanuvchisi. U klub safida 2008 yildan beri harakat qilib, 750 ta o'yinda maydonga tushdi. Shu vaqt ichida 250 ta gol va 276 ta assist bilan jamoaga ulkan hissa qo'shdi.
U 33 ta trofeyga ega chiqqan: 13 marta Germaniya chempioni, 6 marta mamlakat Kubogi sohibi, 8 marta Superkubok g'olibi bo'ldi. Shuningdek, u "Bavariya" bilan ikki marta Chempionlar ligasini, ikki bor Klublar o'rtasidagi jahon chempionati va UEFA Superkubogini yutdi.
Myuller nafaqat "Bavariya", balki Germaniya terma jamoasi uchun ham to'p tepib, 2014 yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqqan
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar