So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  16 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  11 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Toma Tabatadze vadasini bajaradi. Jamoani yarim yo'lda qoldirmayman" - sevimli futbolchisi sharafiga familiyasini "o'zgartirgan", "qirol" laqabini olgan hamda "Navbahor" safida gol urgan gruziyalik legioner bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

"Toma Tabatadze vadasini bajaradi. Jamoani yarim yo'lda qoldirmayman" - sevimli futbolchisi sharafiga familiyasini "o'zgartirgan", "qirol" laqabini olgan hamda "Navbahor" safida gol urgan gruziyalik legioner bilan yaqindan tanishamiz

Hujumchi faoliyatida muxlislar stadionni ag'dar-to'ntar qilib yuborgan o'yin ham mavjud.

Toma Tabatadze 1991 yilning 17 dekabrida Gruziyaning Tbilisi shahrida tavallud topgan. 7 yoshdan "milliardlar o'yini"ga oshno bo'la boshlagan. Karlo Mchedlidze nomidagi futbol akademiyasida David Mujiridan ilk sabog'ini olgan Toma keyinchalik "Norch Dinamlel"da istedodini shakllantiradi. SHundan so'ng u Latviyaning "Olimp" jamoasiga yo'l oladi, ushbu klubda Gruziya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Aleko Rexviashvili bosh murabbiyliik qilardi.

Latviyadan ko'p narsani o'rgandim. "Olimp" juda yosh va tajribasi kamroq o'yinchilardan iborat edi. Tarkibda 17–18 yashar o'g'il bolalar yig'ilgandik. U erda katta tajribaga ega bo'ldik.

So'ngra Litvaning "Kruoya" klubida qisqa muddat to'p tepgan hujumchi Turkiyaga yo'l oldi va "Nig'de Belediespor" bilan shartnoma imzoladi.

Avvaliga Turkiyadan qiziqish bo'lmagan. Men haqimdagi malumotlar u erga etib borgan va ular o'yinlarimni ko'rib chiqishib, meni ikkita uchrashuvga taklif qildi. O'sha bahslarda bir nechta gol urdim...

"Nig'de Belediespor" klubi safida 3-ligaga chiqish o'yinida "Jayhanspor"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. "Tevfik Sirri Gur"stadionida o'tkazilgan bahsda "Nig'de" 4:0 hisobida g'alaba qozongan, Tabatadze esa dublga erishgan. Biroq mag'lubiyatdan darg'azab bo'lgan "Jayhanspor" ishqibozlari o'rindiqlarni sindirib, maydonga uloqtirdi. Vaziyatga policiya aralashishga majbur bo'lgan.

Toma 2014–2015 yilgi mavsum "Bartinspor" bilan shartnoma imzoladi va 13 o'yinda 8 ta gol urdi. Keyin esa "Karaderespor” libosida 12 o'yinda 9 ta to'p kiritdi. SHundan so'ng forvard "Afonspor", "Kurtulushspor", "Belediespor", "Somaspor" kabi jamoalarda o'ynadi.

Futbolchi 3-ligada ishtirok etadigan "Somaspor" sharafini himoya qilib yurganida hatto 1-ligadan takliflar tushishiga qaramasdan, rad javobini bergan.

Mavsum boshidan beri ko'plab klublardan transfer takliflari oldim. Ammo mavsum boshida “Somaspor” bilan shartnoma imzolaganimda, bu jamoani chempion qilish uchun harakat qilamiz, deya vada bergandim. Mening ustuvor vazifam rahbariyat, murabbiylar, futbolchi do'stlarimiz va muxlislarimiz bilan hamkorlikda "Somaspor"ni professional ligaga olib chiqish sanaladi. SHu bois transfer takliflarini rad etishga majbur bo'ldim. Muxlislarimiz tinchlansin. Toma Tabatadze vadasini bajaradi. Jamoani yarim yo'lda qoldirmayman.

Ammo u Turkiya futbol federaciyasi tomonidan o'rnatilgan legionerlar cheklovi tufayli jamoani tark etishga majbur bo'lgan. Bir muddat Kiprda o'ynagan hujumchi vataniga qaytib, "Rustavi" libosini kiyadi. 

Turkiyada o'tgan davrimni muvaffaqiyatli o'tdi, deyishim mumkin. U erda jami 6 yil to'p tepdim, shundan 4 yilida men o'ynagan jamoalar yuqori o'rinlar uchun kurashdi. SHuningdek, ikki mavsumda to'purarlar safida bo'ldim. U erda infratuzilma va o'qitish sharoitlari juda yaxshi. Raqobat ham yuqori. Turkiyada aholi futbolni qanchalik sevishini barchamiz bilamiz. Tomoshabinlar hamisha o'yinlarga tashrif buyurishadi. 2 minshdan kam tomoshabin kelgan uchrashuvni eslay olmayman. Hatto 15 ming yoki undan ortiq ishqibozlar qarshisida o'yin o'tkazganman. Turkiyaning quyi ligalarida klublar shu shaharlarning hokimlari va tadbirkorlariga tegishli hisoblanadi. U erda yangi stadionlar qurish odatiy hol. Turkiyada ko'p yillar to'p tepdim va qaytish vaqti keldi deb o'yladim...

2-ligadagi qatnashadigan klubga qo'shilgan Toma darhol klubga moslashadi va o'z qobiliyatini namoyon eta boshlaydi. Tabatadze 18 o'yinda 13 ta gol urib, mavsum yakunida liga to'purariga aylandi. 

2021 yilning yanvar oyida u Milliy liganing "Saburtalo" klubi bilan shartnoma imzolaydi. SHu yilning iyul oyida esa ijara asosida Gruziyaning "Sioni" klubiga o'tdi. Klub safida 17 o'yinda 3 ta gol urgan va shuncha golli uzatma amalga oshirgan hujumchi 2022 yilning iyul oyida Qozog'istonning "Aqjayik"iga qo'shilib, 3 iyul kuni "Qayrat" klubiga qarshi (0:2) o'yinda Qozog'iston Premer-ligasida debyut qilgan.

Tabatadze Qozog'iston kubogi doirasidagi 9 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi hamda turnir to'purariga aylandi. SHuningdek, u Qozog'iston chempionatining 11 ta uchrashuvida 3 ta gol urdi va 4 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Qahramonimiz 2023 yilning yanvar oyida Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzoladi va Superligada ham tezda diqqat markazidan o'rin oldi. Vodiy klubi safida birinchi davrada 13 o'yin o'tkazgan hujumchi 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Biroq u ikkinchi davrani Namanganning "Navbahor" klubida safida boshlashi kutilmoqda. Kecha u "lochinlar" safida "Andijon-SGS"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga raqib darvozasini ishg'ol qilishga ham muvaffaq bo'lgan.

Tabatadzening muxlislari uni "Qirol Toma" deb atashadi. U Krishtianu Ronaldu, Olive Jiru kabi futbolchilarga ishqiboz. Jumladan, 2017 yilgi Evropa CHempionlar ligasi finali doirasidagi "Real Madrid" — "Liverpul" uchrashuvidan avval Toma madridliklarga muxlislik tariqasida familiyasini "o'zgartirgan". 

"Oltin to'p" sohibidan libos olgan, o'yiniga it tushib kelgan hamda uchta evrokubokda gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylangan "Nasaf" yarim himoyachisi bilan yaqindan tanishamiz

ECHLda "Borussiya"ga gol urgan va "Real" bilang durang o'ynagan hamda chempionlikni nishonlash paytida jarohat olgan "Paxtakor"ning yangi o'yinchisi bilan yaqindan tanishamiz

Uch marta jahon chempionatida ishtirok etgan, Portugaliyadan taklif olgan hamda Yaponiyada farzandli bo'lgan Zabihillo O'rinboev haqida hikoya qilamiz

Oqil Abdubarnoev tayyorladi. 

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика