So’nggi yangiliklar

12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  2 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  3 10:20Неймар яна жароҳат олди  4 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  10 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  7 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  5

To'lagan Isoqov O'FA Faxriylar kengashi raisi etib tayinlandi Yangiliklar

To'lagan Isoqov O'FA Faxriylar kengashi raisi etib tayinlandi

Bugun O'zbekiston futbol associasiyasi faxriylar kengashi raisi lavozimiga mutaxassis tayinlash bo'yicha kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Birodar Abduraimov, Nikolay Lyubarsev, Evgeniy Valiskiy, Vecheslav Soloxo, SHamil Yafarov, Farxod Magamedov, Axrol Inoyatov, Mannop Yakubov, SHokir Ismailov, To'lagan Isoqov va yana bir qator faxriylar ishtirok etishdi.

Yig'ilish avvalida O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov so'z boshlab, O'zbekiston futbol faxriylar kengashi raisi marhum Narimon Jalolov to'g'risida ularning futbol sohasida bosib o'tgan yo'li, o'zbek futboliga qo'shgan hissasi to'g'risida takidlab o'tdi. Faxriylar kengashi raisi lavozimiga masuliyatli, tajribali nomzodni tayinlash va ushbu masuliyatli ishda kengash azolari fikri muhim o'rin tutishini takidladi.  

SHuningdek, Faxriylar kengashi azosi Evgeniy Valitskiy so'zga chiqib Narimon Jalolov xaqida iliq fikrlar bildirib, ularning faoliyatini munosib davom ettirish hamda faxriylar kengashini ushbu ishlarda faol bo'lishga chaqirdi.  

Majlis davomida kengash azosi Axrol Inoyatov faxriylar salomatligini yaxshilash, futbol bilan doimiy shug'ullanishini taminlash maqsadida, musobaqa va xotira turnirlarini karantin talablariga rioya qilgan holda ko'proq tashkil etish hamda Faxriylar kengashi raisi lavozimiga munosib nomzodni saylash kerakligini takidladi. 

SHundan so'ng so'z uzoq yillardan beri ushbu kengashda rais yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan o'zbek futboli afsonasi To'lagan Isoqovga so'z berildi. To'lagan O'lmasovich barchani hozirgi kunda kengash tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, o'tkazilishi rejalashtirilayotgan musobaqalar xaqida xabardor qilib o'tdi. 

Avaz Maksumov faxriylar kengashi raisi lavozimiga mutaxassis tayinlash yuzasidan To'lagan Isoqov nomzodini tavsiya qildi va kengash azolari tomonidan bir ovozdan maqullandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика