Tokio Olimpiadasida qatnashgan JAR futbolchisi otib ketildi
04 apr 2024 22:12
Yangiliklar
Tokio Olimpiadasida qatnashgan JAR futbolchisi otib ketildi
Yigitcha endigina 24 yoshni qarshi olgandi.
"Kayzer CHifs" himoyachisi Lyuk Flers Yoxannecburg chekkasida o'ldirildi. Jinoyat yoqilg'i quyish shoxobchasida sodir bo'lgan. Flersning oldiga qurollangan odamlar kelib, qurol bilan tahdid qilgan va mashinadan tushishni buyurgan.
So'ngra futbolchiga qarata o'q uzilgan. Jinoyatchilardan biri Flersning mashinasida qochib ketgan. Qotillarning maqsadi mashinani o'g'irlash bo'lgan.
Lyuk Flers kasalxonaga yotqizilgan, biroq u erdagi shifokorlar futbolchining hayotini saqlab qola olishmagan.
"Kayzer CHifs" fojiali xabarni tasdiqladi va Flersning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Lyuk Flers JAR terma jamoasi safida Tokio Olimpiadasida ishtirok etgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar