So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  20 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  6 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  16 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-19 Tojikistonga yirik hisobda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-19 Tojikistonga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Tojikiston va O'zbekiston yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.
 


O'rtoqlik uchrashuvi
TOJIKISTON (U-19) – O'ZBEKISTON (U-19) - 4:1
6 sentyabr 2020 yil. Xo'jand. «Tojikiston Mustaqilligining 20 yilligi». 16:30.
Bosh hakam:
Sayyodjon Zayniddinov (Tojikiston).

Gollar: Abdulmo'min Zabirov 33 penalti, - 1:0. Salam Ashurmamadov 40, - 2:0. Rustam Soirov 83, - 3:0. Ulug'bek Hoshimov 87, - 3:1. Sunatullo Ismoilov 90+1, - 4:1.

Tojikiston U-19: 1.Muhriddin Hasanov, 4.Alijon Karomatullozoda, 5.Manuchehr Safarov, 6.Muhammad Salomzoda, 7.Abdulmo'min Zabirov, 8.Nidoyor Zabirov, 10.Rustam Soirov, 13.Islom Zairov, 14.SHuhrat Elmurodov, 22.Isroil Xolov, 25.Salam Ashurmamadov.
Zaxira: 16.SHohruh Qirg'izboev, 2.Jonibek SHaripov, 3.Safiollohi Nazarzoda, 11.SHohruh Sangov, 12.SHarifbek Rahmatov, 15.Mahmud Pirov, 17.Ahmadxon Emomali, 19.Parviz Xojiev, 20.Ozodbek Panjiev, 21.Sunatullo Ismoilov, 24.Azizbek Hasanov.

O'zbekiston U-19: 16.Izzatilla Tursunov, 5.SHohjahon Sultonmurodov, 6.Murod Xo'jamberdiev, 7.Muhammadqodir Rahimberganov, 8.Bektemir Abdumannonov, 14.Bekzod SHamsiev, 15.Humoyun SHerbotaev, 18.Asadbek Azimjonov, 20.Muzaffar Olimjonov, 22.Jaloliddin Sadikov, 24.Ulug'bek Aknazarov.
Zaxira: 1.SHukron Yuldashev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Odilbek Abdumajidov, 4.Abubakr Rizo Turdialiev, 9.Ulug'bek Hoshimov, 10.Davron Anvarov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 17.Ruslan Roziev, 19.Husayin Norchaev, 21.Ibrohim Ibragimov, 23.Abdurauf Bo'riev.



YANGILASH



90+4. Uchrashuv yakunlandi. Tojikiston - O'zbekiston 4:1

90+1. GOL! Sunatullo Ismoilov chiroyli gol urdi - 4:1.



90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

87. GOOOOOOOOOOOOOL! Ulug'bek Hoshimov 3:1. Saidazamat Mirsaidovning to'p uzatishidan keyin Hoshimov gol urdi. 



85. Xavfli vaziyat! Ibragimov raqib jarima maydoniga kirib bordi va yiqilib tushdi, bosh hakam penalti yo'q deb topdi

83. GOL! Rustam Soirov hisobni yirik ko'rinishga olib keldi - 3:0.



79. ZARBA! Ruslan Rozievning bu safargi zarbasini darvozabon egallab oldi  

78. ZARBAA! Ruslan Rozievning jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq

70. Xavfli vaziyat! Jarima maydonimizga uzatilgan to'pni darvozabonimiz ushlab oldi

63. Xavfli vaziyat! Ruslan Roziev to'p bilan jarima maydoni ichiga kirib borib markazga uzatdi, bu erda uning sheriklari yo'q edi...

60. ZARBAAAA! Jo'raqo'zievning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi!

57. O'zgarish. O'zbekiston. Xo'jamberdiev o'rniga Davron Anvarov tushdi

56. ZARBAAA! Ibragimovning jarimadan yo'llangan zarbasini SHamsiev boshi bilan darvozaga to'g'riladi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi!



52. ZARBA! Ibragimovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

46. Ikkinchi taym boshida Otabek Jo'raqo'ziev, Ruslan Roziev, Husayin Norchaev, Ibrohim Ibragimov va Abdurauf Bo'riev maydonga tushishdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi

40. GOL! Salam Ashurmamadov jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan ikkinchi bor terma jamoamiz darvozasini ishg'ol qildi - 2:0.



34. ZARBAAA! Azimjonov katta tezlikda raqib jarima maydoniga yorib kirib zarba berdi, darovzabon to'pni qaytardi!

33. GOL! Abdulmo'min Zabirov penaltidan unumli foydalanib hisobni ochdi - 1:0.

32. PENALTI! O'zbekiston darvozasi tomon! Murod Xo'jamberdiev Islom Zairovni yiqitgani uchun



29. CHap qanotdan hujum uyushtirdik, Leroy Sanega o'xshaydigan Azimjonov hoxir raqib himoyachilari tomonidan yiqitildi.  

22. To'g'risi bu ikki jamoa yaqin orada Osiyo chempionatida o'ynashiga ishonish qiyin. Maydonda xuddi mahalla futboli ketmoqda...

21. Xavfli vaziyat! Rustam Soirov birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, noaniq!

14. Temur Kapadze shogirdlari asosan uzun paslar bilan o'ynashmoqda. Biroq to'p uzatishlarni himoyachilar qaytarishmoqda

10. O'yin shiddati u qadar yuqori emas, hech qaysi jamoa xavfli hujum uyushtira olganicha yo'q

6. Mezbonlardan hujum, qanotdan uzatilgan to'pni posbonimiz Izzatilla Tursunov egallab oldi

3. Dastlabki daqiqalarda tashabbus O'zbekiston tomonida, to'p bizniklilarda, ammo hujum bo'lgani yo'q

1. Uchrashuv boshlandi!


Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика