So’nggi yangiliklar

23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  6 22:44ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  16 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  4 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  3

Tojikiston terma jamoasi yarim himoyachisi Alisher Jalilov: "Navbahor" juda yaxshi transferni amalga oshirdi" Yangiliklar

Tojikiston terma jamoasi yarim himoyachisi Alisher Jalilov: "Navbahor" juda yaxshi transferni amalga oshirdi"

Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi 3 sentyabr kuni Tojikistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Ushbu uchrashuv oldidan Tojikiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi, Dushanbening “Istiqlol” klubi sardori Alisher Jalilovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Alisher O'zbekistonga xush kelibsiz. Yo'lda qiyinchiliklar bo'lmadimi?
- Rahmat. Pandemiya sababli aviaqatnovlar to'xtagan. SHunga qaramay avtobusda yaxshi etib keldik. CHegarada bizni yaxshi kutib olishdi va nihoyat Toshkentga etib keldik.

- Bo'lajak o'rtoqlik uchrashuvi oldidan fikrlaringiz qanday? Terma jamoangiz qanday tayyorgarlik ko'rdi?
- O'zbekiston terma jamoasida istedodli futbolchilar ko'p. Jamoani yaxshi o'rgandik. Bunday raqiblarga qarshi o'ynash yoqimli. Toshkentga yaxshi o'yin ko'rsatish uchun keldik. Umid qilaman-ki, bo'lajak uchrashuvda g'alaba qozonamiz.

- O'zbekistonda “Istiqlol” klubi futbolchisi Ehsoni Payshanbe Namanganning “Navbahor” jamoasiga transfer qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu transfer haqida nima deya olasiz va sobiq jamoadoshingizning O'zbekistondagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Ehsoni uchun juda xursandman. “Navbahor” juda yaxshi transferni amalga oshirdi.  Yosh bo'lishiga qaramay u juda istedodli futbolchi. Navbahor tarkibini yanada kuchaytirishga,g'alabalariga hissasini qo'shishiga umid qilaman. O'ylaymanki, u hammasini uddalaydi.



Dildora Xolbaeva suhbatlashdi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика