So’nggi yangiliklar

17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  0 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  0 16:51Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан". Таркиблар маълум  0 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  1 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  9 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  3 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  2 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  7 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  10 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0

Tojikiston MTJ ustozi Petr Segrt: "Terma jamoa eshiklari barcha uchun ochiq" Yangiliklar

Tojikiston MTJ ustozi Petr Segrt: "Terma jamoa eshiklari barcha uchun ochiq"

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi xorvatiyalik Petr Segrt bugun Gulistonda yakunlangan futbol bo'yicha Tojikiston Liga Kubogi yakunlari haqida fikr bildirdi.

Turnir yakuniga etganidan so'ng Segrt O'zbekistonda bo'lib o'tadigan "Navro'z Kubogi-2022" xalqaro turniriga chaqirilgan 25 nafar futbolchi nomini elon qildi.

"Bugun men “Navro'z Kubogi-2022" xalqaro turniriga tayyorgarlik ko'rish uchun 25 nafar futbolchidan iborat Tojikiston terma jamoasi tarkibini elon qildim. Zaxira ro'yxatidan darvozabon Qurbonali Boboev ("Istaravshan"), yarim himoyachilar Bohir Sanginboev ("Esxata") va Abdulmo'min Zabirov ("Esxata"), shuningdek, hujumchi Abduhalil Bo'ronov ("Ravshan") o'rin olgan. Asosiy ro'yxatdagi futbolchilardan biri jarohat olgan yoki kasal bo'lib qolgan taqdirda bu futbolchilar terma jamoaga chaqirilishadi.

Tojikiston Liga Kubogi Tojikiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi va yordamchilarim uchun ham juda qiziq bo'ldi. "Xatlon" klubini, shuningdek, mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallagan "Ravshan" (Kulob) va "Esxata" jamoalarini g'alaba bilan tabriklayman. Turnir davomida ko'plab o'yinlarni tomosha qildim. Aprel oyida Saudiya Arabistoniga safar qilib, "Istiqlol"ning 2022 yilgi Osiyo CHempionlar Ligasidagi o'yinini tomosha qilishni rejalashtirganman.

Liga Kubogi muvaffaqiyatli o'tdi. Men ushbu musobaqaning barcha tashkilotchilariga katta maqtovlar aytmoqchiman, chunki hamma narsa juda yaxshi tashkil etilgan. Barcha futbolchilarga ham qoyil qoldim. Ular qiyin ob-havo sharoitida o'ynashdi. Qolaversa, maydonlar futbolchilarga o'z imkoniyatlarini to'liq ro'yobga chiqarishga imkon bermadi, ammo ular maydonda bor kuchlarini berishdi.

Maydondan tashqari Oliy liga murabbiylari bilan suhbatlashdim, ular menga malumot berishdi va Tojikiston futbol madaniyati haqida ham ko'p narsalarni bilib oldim.

Albatta, bazi klublarning tayyorgarlik vaqti har xil va bu ham ayni paytdagi haqiqat. Biroq aprel oyida Tojikiston chempionati va Osiyo CHempionlar Ligasi boshlanishidan oldin ham Tojikiston terma jamoasi bilan ilk turnirimizni o'tkazishimiz kerak. 

Endi ko'pchilik futbolchilarimiz bilan birinchi marta uchrashaman. Ayrim yigitlar O'zbekistonda terma jamoaga qo'shilishadi.

Yaqin oylarda barcha futbolchilarni Tojikiston chempionatida ko'rish uchun ko'proq vaqtimiz bo'ladi. Aytmoqchimanki, Tojikiston terma jamoasiga eshiklar barcha futbolchilar uchun ochiq – bu shunchaki shior emas, balki mening poziciyam", – dedi Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Petr Segrt.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика