So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Tojiev bilan "Paxtakor" yutqazmayapti, Sergeev to'xtamayapti, “Qo'qon-1912” esa Toshkentda g'alabani 30 yildan beri kutyapti Yangiliklar

Tojiev bilan "Paxtakor" yutqazmayapti, Sergeev to'xtamayapti, “Qo'qon-1912” esa Toshkentda g'alabani 30 yildan beri kutyapti

Teglar :  PaxtakorQo'qon-1912
Superliga. 13-tur uchrashuvi oldidan qiziqarli faktlar

Bugungi kunning eng kutilgan uchrashuvlaridan biri — Superliganing 13-turidan o'rin olgan “Paxtakor” — “Qo'qon-1912” bahsi. Ushbu bellashuv oldidan ikki jamoa haqida bir qator qiziqarli malumotlar va statistik jihatlarni havola qilamiz.

Tojiev bilan mag'lubiyatsiz seriya

“Paxtakor” Komoliddin Tojiev qo'l ostida ketma-ket 5 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi. Jamoa ushbu murabbiy boshchiligida o'tkazgan uchrashuvlarda quyidagi natijalarni qayd etdi:

  • “Paxtakor” — “Buxoro” 6:0

  • “Qizilqum” — “Paxtakor” 0:3

  • “Paxtakor” — “Xorazm” 2:1

  • “Paxtakor” — “Nasaf” 6:3 (O'zbekiston Kubogi)

  • “Bunyodkor” — “Paxtakor” 1:1


Sergeevning golli seriyasi

Jamoa etakchilaridan biri Igor Sergeev Superligada yuqori darajadagi o'yin namoyish etmoqda. U ketma-ket 8 uchrashuvda gol urib, juda muhim golli seriyani qayd etmoqda. To'purarlar poygasida esa 10 ta gol bilan yaqqol peshqadam bo'lib turibdi. 

“Qo'qon-1912” uchun Toshkent — qiyin sinov

Qo'qonliklar so'nggi ikki o'n yillikda Toshkentda “Paxtakor” ustidan g'alaba qozonolmayapti. 21-asrda “sherlar” maydonidagi barcha uchrashuvlar “Paxtakor” ustunligida o'tgan.
“Qo'qon-1912”ning Toshkentdagi so'nggi va yagona g'alabasi 1994 yilga to'g'ri keladi (2:4). Shu paytgacha o'tkazilgan keyingi 14 uchrashuvning faqatgina bittasi durang bilan yakunlangan — 2018 yildagi 0:1 hisobli bellashuv.

“Qo'qon-1912” — mag'lubiyatlar seriyasi tugaydimi?

Bahrom Haydarov shogirdlari so'nggi 4 ta o'yinda imkoniyatni boy berdi:

  • “Qo'qon-1912” — OKMK 1:3

  • “Qo'qon-1912” — “Nasaf” 0:2

  • “Navbahor” — “Qo'qon-1912” 3:0

  • “Qo'qon-1912” — “Mashal” 0:4

Jamoa na hujumda, na himoyada ishonchli o'yin ko'rsata olmayapti. To'rt uchrashuvda jami 12 ta gol o'tkazildi, 1 ta to'p kiritildi.

Kelasi turlardagi raqiblar

“Paxtakor” jamoasini keyingi turlarda quyidagi bahslar kutmoqda:

  • 27 iyun — “Nasaf” — “Paxtakor”

  • 6 iyul — “Paxtakor” — “Navbahor”

“Qo'qon-1912” esa birinchi davrani quyidagi o'yinlar bilan yakunlaydi:

  • 27 iyun — “Qo'qon-1912” — “Dinamo”

  • 4 iyul — “So'g'diyona” — “Qo'qon-1912”

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика