So’nggi yangiliklar

08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  2 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  1 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  0 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  16 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  8 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  43 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  70 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  123 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1040 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16

Tohir Kapadze: "Xudo xohlasa oldimizga qo'yilgan vazifalar bajariladi" Yangiliklar

Tohir Kapadze: "Xudo xohlasa oldimizga qo'yilgan vazifalar bajariladi"

“Neftchi” bosh murabbiyi M.Ismoilov PFL tomonidan 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilinganlik bois, “Qo'qon-1912” va “Buxoro” uchrashuvlarini tribunada o'tirib tomosha qildi. Klub raisi Tohir Kapadze o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tohir Kapadze - Uchrashuvda  g'alaba qozonganimizdan xursandman. Nima bo'lishdan qatiy nazar, jamoamiz uchun  kerak bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik. O'yin biz uchun juda ham qiyin o'tdi. Balkim, birinchi davraning  oxirlab borishi  o'yinchilarda charchoq alomatlari paydo bo'lishga olib kelgandir. Balkim, autsayder jamoani osonlik bilan yutib olamiz, degan fikr yigitlarga salbiy tasir ko'rsatgandir.  Balkim yana boshqa sababalar bordir, lekin hisob biz rejalantirganday bo'lmadi. SHunga qaramay, tan olish kerak, o'yinda “Neftchi” faolroq edi, ko'plab havfli vaziyatlar yaratishda, standart to'plarni tepishda  jamoamiz etakchilik qildi.  Ammo, afsus, ko'plab golga tortadigan vaziyatlardan foydalana olmadik. O'z o'rnida “Buxoro”ning  o'yinini etirof etgan bo'lardim. Ko'p vaziyatlarda ular munosib qarshilik ko'rsatishdi.  Himoyada juda yaxshi o'ynashdi. “Buxoro” jamoasi mamlakatimizda o'z o'rniga ega jamoadir. O'ylaymanki, ikkinchi davrada “Buxoro” yaxshiroq  o'yin ko'rsatib, chempionatdagi  o'ziga munosib  o'rnini egalaydi.

- Bu yil “Neftchi” hujumkor o'yin ko'rsatib kelmoqda. CHempionatdagi to'plar nisbati ham etakchilarga hos. Bugungi uchrashuv yirik hisobda tugashiga muhlislar va mutahassislar ishonishgan edi. Lekin xisob juda ham qaltis bo'ldi.

Tohir Kapadze - To'g'ri. Bu xaqda biz ham o'ylagandik. Agar chempionat jadvaliga qarasak, ko'ramizki  “Neftchi” uchinchi o'rinda, “Buxoro” esa so'nggi o'rinda. Oxirgi uchrashuvlarda raqiblarimiz faqat mag'lubiyat bo'lib kelishayapdi. Xullas, xisob boshqacha bo'lishini kutgan edik. Lekin, bu futbol. Ko'p hollarda kutilmagan natijalar yuz beradi. Yuqorida aytganimdek qaysidir manoda raqibni mensimaslik, osongina yutib olishga ishonishlik, yigitlarimizga pand berdi. Men o'ylaymanki, murabbiylar kamchiliklar ustida yigitlar bilan ishlashadi va keyingi o'yinga munosib tayyorgarlik ko'rishadi. Eng asosiysi uch ochko qo'lga kiritildi .


- CHempionat boshlanish arafasida Osiyo chempionalar ligasiga beriladigan yo'llanmani qo'lga kiritish asosiy vazifa, deb belgilangandi. Hozirda “Neftchi”ning o'yinlari va natijalari ancha yuksak. Balkim, vazifalar ham o'zgarib qolgandir.


Tohir Kapadze - Yo'q. Vazifamiz o'zgarmagan. Biz Osiyo ligasiga beriladigan yo'llanma uchun kurashamiz.  Bu yil sovrindorlik o'rinlar  uchun kurashishga etarli tayyorgarligimiz yo'q. Hali oldimizda ikkinchi davra o'yinlari turibdi. Lekin, biz bor kuchimizni va imkoniyatlarimizni ishlatib, etakchilar orasida qolishga xarakat qilamiz.


- To'g'ri, ko'p narsa ikkinchi davraga bog'liq.  Etakchilar qatorida qolish uchun, balki yangi o'yinchilarni  jamoaga olish kerakdir.

Tohir Kapadze  -  Hammasi imkoniyatga bog'liq. Bugungi imkoniyatlarimiz  yuqori saviyadagi yangi o'yinchi olishga javob bermaydi. Eng avvalom bor, agar tashqaridan o'yinchi olmoqchi bo'lsak, albatda bizni o'yinchilarimizdan kuchliroq, yaxshiroq bo'lishi kerak. Qolaversa, bugungi jamoadagi o'yinchilar xali o'zlarini bor potenciallarini ko'rsatishgani yo'q. Futbolchilarimiz o'zlarini  yaxshi tomondan ko'rsatishadi, degan umiddamiz.  Hammasi, o'z ustimizda ishlashimizga, yangi marralar sari intilishimizga bog'liq. Xudo xohlasa, oldimizga qo'yilgan vazifalar bajariladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика