So’nggi yangiliklar

09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  0 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  1 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  1 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  4 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  10 07:22Бугун ФИНАЛ  10 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   6 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  16 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  11 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  2 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  5

Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yaponiga qarshi kechgan Osiyo kubogi final bahsidan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

 Yaponiya jamoasini tabriklayman. Biz bugun raqibdan yaxshiroq o'ynadik, ammo mag'lub bo'ldik. Uchrashuv so'ngida, hisobni tenglashtirishda ajoyib imkoniyatimiz bor edi, ammo nasib qilmagan ekan. Xudo shuni taqdirimizga yozgan ekan va bugun shunday ham bo'ldi. Biz mag'lubiyatga munosib emas edik. Asosiy maqsadimiz Olimpiadaga yo'l oldik. Keyingi musobaqalarda ancha kuchliroq bo'lib qaytishimizga ishonaman.

- Bugungi uchrashuvda uchta futbolchimiz jarohati sabab zaxiraga olindi. Bu natijaga qanchalik tasir qildi deb o'ylaysiz?

- Birinchi bo'lim kurashlarga juda boy bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa bunday bo'lishi aniq edi. O'yinchilarning majburiy o'zgarishi albatta o'yinimizga o'z tasirini o'tkazdi. Turnirda davomida ham futbolchilarda biroz muammolar bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo bu sabab bo'la olmaydi. Agar, uchta legionerimiz biz bilan qolganda balki yanada kuchliroq bo'lishimiz mumkin edi. Natija shunday bo'lishi taqdirimizga yozilgan ekan. Hayotimizda yana ko'p finallar bo'lishiga ishonaman. Barchasi hali oldinda.

- O'zbekiston futboli so'ngi yillarda juda katta o'sishga erishmoqda. Sizning rivojlanish sababi nima deb o'ylaysiz?

- Buning asosiy sababi hukumatning etibori va xalqimizning duosi degan bo'lardim. SHu sababli biz o'sishga erishmoqdamiz.

- Finalda o'ynamagan legioner futbolchilaringiz bugun maydonda bo'lganda, natija boshqacha bo'lishi mumkin edimi?

- Uchta asosiy futbolchilarimiz o'z klublariga jo'nab ketishdi. Ular bilan yanada kuchliroq bo'lar edik. Lekin nolimayman, sababi legionerlarimiz o'z klublariga yordam berishi kerak. Biroq bugun yomon o'ynamadik.

- Olimpiadaga qisqa vaqt qoldi. Olimpiadaga tayyorgarlik rejasini tuzib chiqdingizmi?

- Olimpiada haqida bugundan o'ylashni boshlashimiz kerak. Rejalarimiz bor. FIFA kunlarida tayyorgarlik ko'rishimiz aniq va bir nechta terma jamoalardan o'rtoqlik o'yini bo'yicha ham takliflar bor.

- O'zbekiston yoshlar darajasida juda ko'plab iqtidorli futbolchilarni etishtirib chiqaradigan "fabrika"ga aylandi. Endi ularni asosiy terma jamoaga jalb qilish vaqti keldimi?

- Yigitlarimiz hozir ham asosiy terma jamoadan chaqiruv olishmoqda. Milliy terma jamoada o'ynay oladigan futbolchilarimiz ko'p deb o'ylayman va ushbu musobaqadan keyin yanada ko'proq futbolchilarim asosiy terma jamoaga jalb etila boshlaydi deb umid qilaman.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика