So’nggi yangiliklar

14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  1 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  2 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  3 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  21 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9

Timur Kapadze: "Vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi, biroq foydalana olmadik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi, biroq foydalana olmadik"

"Xorazm"-"Olympic" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Timur Kapadze o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik, "Xorazm"ning o'yinlarini ko'rib chiqqan edik. Bugungi bahs qiyin bo'lishini ham bilar edik. O'yin qiyin bo'ldi. Vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi, biroq foydalana olmadik. Keyin maydon holati ham xalaqit berdi. SHuningdek, muxlislarni qo'llab-quvvatlashi ham tasir ko'rsatdi. "Xorazm"da o'z jamoasini qattiq qo'llab turishadi. Buni avval kelganimda ham ko'rganman. Vaziyatlarimizning foydalanganimizda o'yinimiz yanada ochilardi. Raqib jamoa azolari ham oxirgacha kurashishdi. Nima bo'lgan taqdirda ham biz uchun bu bahs yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Har bir uchrashuvdan nimadir olishga harakat qilmoqdamiz. O'yinlar orqali o'yinchilarni tajribasi oshib bormoqda. Biz bular ustida ishlamoqdamiz. Bolalar yaxshi o'smoqda", – Timur Kapadze.

- Raqib jamoasida chetlatishlar sizning rejalaringizga qanday tasir qildi?

- Buni biz kutmaymiz. Futbolda qonun-qoida bor. To'p to'xtagandan so'ng bunday harakat qilinmaydi. Futbolchilar "Olympic"ga qarshi o'ynayotganida biroz qo'pol harakat qilishmoqda. Bu futbolchilarning yoshi bilan bog'liq bo'lishi ham mumkin. CHunki yosh futbolchilar to'p bilan harakat qilishi raqiblarga yoqmayotgandir. Bitta ko'p bo'lib harakat qilish, o'yinni osonlashtiradi deb o'ylamayman. Ular bitta hujumchisiz qoldi. Biz bu orqali himoyada osonroq o'ynadik. Menimcha, qo'pol harakat qilish jamoaga hech qanday foyda olib kelmaydi.

- Muhammadqodir Rahimberganovning o'yini haqida...

- Uni anchadan beri taniyman. Yaxshi o'yinchi, o'yinlarida o'sish bor. Uni bir necha bor terma jamoaga ham chaqirib turganman. Jamoada raqobat kuchli, ko'p narsa o'ziga ham bog'liq. Bugun asosiy tarkibda o'ynadi. To'g'ri xatolar ham, yaxshi harakatlari ham bo'ldi. Raqib o'n kishi qolganidan so'ng ikkinchi bo'limda tezkor futbolchilarni tushirdim, ular rejani yaxshi amalga oshirishdi, ammo natija bo'lmadi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика