So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Timur Kapadze: "Turkiyadagi sharoitlar O'zbekistonda yo'q" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Turkiyadagi sharoitlar O'zbekistonda yo'q"

Ayni kunlarda O'zbekiston U-21 terma jamoasi ham Turkiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Kecha jamoa Qozog'istonning "Turon" jamoasiga (2:4) ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv yakunidan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze o'yin va tayyorgarlik haqida qisqacha intervyu berdi.

"Bugungi uchrashuv o'quv-yig'indagi to'qqizinchi o'yinimiz bo'ldi. Biz ikkita tarkib bilan ishtirok etmoqdamiz. Har bir futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Bugun Qozog'istonning "Turon" jamoasiga qarshi maydonga tushdik. O'yin yaxshi bo'ldi. Bugungi o'yinda mag'lub bo'ldik, biroq bu ancha foydali o'yin bo'ldi. Avvalgi o'yinlarda g'alaba qozongandik, bugun esa omad etishmadi. Umuman olganda yig'in davomida natija muhim bo'lmaydi, asosan futbolchilarning harakatlarini yaxshilash ustida ishlaymiz. Bugungi jamoa ancha tartibli harakat qildi. Bir nechta xatolarga yo'l qo'ydik. Ancha vaqtdan beri shu erdamiz, ko'plab yaxshi raqiblarga qarshi maydonga tushdik. Bu bahslar orqali futbolchilarimiz ancha o'smoqda. Bu o'yinlarda futbolchilarimizning jismoniy holati yaxshilanmoqda. Bu o'yinlar orqali mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Nasib qilsa, 10 fevralda qaytamiz va mavsumga tayyorgarlikning qolgan qismini Toshkentda davom ettiramiz. Hamma futbolchilarga o'ynash imkonini berdik, ular o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishga harakat qilishdi", - dedi Timur Kapadze.  


Jamoa Superligaga tayyorlanayotganini malum qildingiz. Biroq hech qaerda bu jamoa haqida malumot berilmadi. Aslida Turkiyaga O'zbekiston U-21 terma jamoasi bo'libmi yoki “Olimpik” bo'lib keldinglarmi?

- Biz bu erga O'zbekiston U-21 bo'lib keldik. Biroq Superliga jamoalarining futbolchilarini olmaslikka qaror qildik. Ularning o'rniga 2003 yilda tug'ilgan bir nechta yosh futbolchilarni olib kelishga qaror qildik. Bu erda Ravshan Haydarov jamoasiga davogar futbolchilar ham bor. Ularni shu orqali ko'rib olishga qaror qildik. Superliga jamoalarining etakchi futbolchilarini chaqirmaslikka qaror qildik, ular o'zlarining jamoalarida to'liq tayyorgarlik olib borishlari uchun.


Agar sizlar O'zbekiston U-21 terma jamoasi bo'lib kelgan bo'lsangizlar, unda nega O'FA matbuot xizmati sizlarni yoritmadi?

- Balki ular asosiy terma jamoa bilan band bo'lgandirlar. To'g'risini aytganda, OAVda nima yozishayotganini bilmadik, chunki bu erda ishimiz ko'p edi. Har kuni ikki mahaldan mashg'ulotlar, teoriya qildik. Bu erdagi sharoitlar bizga maqul keldi, shunga matbuotda etibor qaratishga vaqtimiz ham bo'lmadi. Biz bor etiborimizni mashg'ulotlarga qaratdik. Agar O'zbekistonda o'quv-yig'in qilganimizda, bizda bunday imkoniyat bo'lmasdi. Har kuni ikki mahal mashg'ulot qilishga birinchidan maydon yo'q. Keyin qayta tiklanish uchun ham sharoitlar zo'r emas. SHuningdek, xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarni o'tkazmoqdamiz. Bu erda ko'plab o'yinlarda ishtirok etib, ancha tajribaga erishdik.



Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика