So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  2 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  3 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  8 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  22 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Timur Kapadze: "Terma jamoada asosiy o'yinchi degan narsa yo'q" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Terma jamoada asosiy o'yinchi degan narsa yo'q"

U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O'zbekiston uchrashuvidan (0:10) so'ng Timur Kapadze va Husayn Norchaev matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Timur Kapadze: "CHiroyli g'alaba bilan hammani tabriklayman. Muxlislarimiz har bir o'yinda bizni oxirigacha qo'llab turishibdi. Ularga rahmat. Navbat Eronga qarshi bahsga, ushbu uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz".

Husayn Norchaev: "Bugun yaxshi o'yin namoyish etdik deb o'ylayman. Kelasi bahsda ham g'alaba qozonib, muxlislarimizga bayram taqdim etishga harakat qilamiz".

- Uchrashuv ajoyib bo'ldi. So'nggi bahs Eronga qarshi. Eronliklar avvalgi o'yinlarda bor kuchini namoyish etmadi deb o'ylayman. Navbatdagi raqibni qay darajada o'rgandingiz, bu bahsda birinchi raqam sifatida to'p tepasizmi?

- Ushbu guruhdagi eng kuchlisi Eron ekanligini bilardik. Bu jamoaga qarshi kichik final bo'lishi aniq edi. Har bir turda eronliklar va boshqa jamoalar o'yinlarini kuzatdik. Ularda yaxshi jamoa shakllangan. Bizning jamoa ham kuchsiz emas. Ikki kun ichida yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.

- Qaysi raqib ko'proq qarshilik ko'rsatdi, Gonkong yoki Afg'oniston?

- Ikkala jamoa ham himoyadan o'ynadi. Afg'onistonliklar jismonan baquvattroqligi tufayli, muammolar ko'p bo'ldi, biroq Gonkong ham yaxshi tashkillashgan o'yini orqali bizga qiyinchiliklar tug'dirishdi. Afg'oniston Gonkongga nisbatan kuchliroq qarshilik ko'rsatishdi. Avvalgi bahsdagi kabi zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirishdi.

- Birinchi va ikkinchi bahsda tarkiblar umuman boshqacha bo'ldi va ikkala bahs ham yirik g'alaba bilan yakun topdi. Eronga qarshi bahsda tarkib tanlash sizga qiyinchilik tug'dirmaydimi? Ikkinchi savolim Husayn Norchaevga, 2ta turda 6ta gol urdingiz. "Alaniya"da siz zaxirada qolib ketyapsiz. Klubdagilar siz bilan bog'lanib, o'yiningiz haqida fikr bildirishdimi. Turkiya yoki boshqa mamlakatlar ligasida hali transfer oynasi yopilmagan, jamoani tark etish niyati bormi?

Timur Kapadze: "Ushbu bahslardagi asosiy maqsadimiz g'alaba edi, keyingi masala klublarda o'yin amaliyotisiz qolayotgan yigitlarni formaga qaytarish bo'ldi. Ikkala tarkib ham teng, jamoada raqobat juda yaxshi. Terma jamoada asosiy o'yinchi degan narsa yo'q. Eron bilan bahsda kimdir asosiy tarkibda o'ynaydi, kimlardir zaxiradan maydonga tushadi, asosiysi ular jamoaga foyda keltirishi. Hammamizning asosiy maqsadimiz g'alaba".

Husayn Norchaev: "Alaniya"dagilar kuzatib borishyapti, chunki har bir bahsdan so'ng meni tabriklashyapti. Klubim safida o'ynamayotganim murabbiyning qarori. Tarkibga kirishga harakat qilyapman. Klub bilan shartnomam bor va hozir "Alaniya"ni tark etish noto'g'ri bo'ladi deb o'ylayman".

- Birinchi bo'limda chap qanot oqsadi va asosan, hujumlar o'ng qanotdan amalga oshirildi. Lekin ikkinchi bo'limda Hojimat Erkinov va Jasur Jaloliddinovlar hujumni kuchaytirishdi. Eronga qarshi bahs oldidan chap qanot hujumidan ko'nglingiz to'qmi?

- Fikringizga qo'shilmayman, ikkala qanot yaxshi ishladi. Ha, birinchi bo'limda hujumlar kam bo'lgandir. Kamchiliklar bo'lishi mumkin. Bu bahslardan oldin o'rtoqlik o'yinlari bo'lmadi, yigitlar turli jamoalardan kelishgan. Menimcha, ikkala qanot vakillari o'yindan-o'yinga kuchayib borishmoqda.

- Savolim Xoldorxonov haqida. Kecha u "Paxtakor" - "Olimpik" o'yinida ajoyib gol urib, "sherlar"ga g'aaba keltirdi. Nega u terma jamoaga jalb etilmayapti?

- Po'latxo'ja Xoldorxonovni nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz. U yig'inda ishtirok etdi. Mashg'ulotlar paytida uni boshqalar bilan solishtirdik, hammani o'ynatishning iloji yo'q. Hozirgi holatdan kelib chiqib, shu qarorni qabul qildik. Po'latxo'ja yaxshi futbolchi, kelajakda vaziyat o'zgarishi mumkin. Hamma erda raqobat bor, shunchaki futbolchilarning hozirgi holati bo'yicha qaror qabul qildik.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика