So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Timur Kapadze: "Saralashdayoq kuchli raqib bilan o'ynashimizning hikmati bor" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Saralashdayoq kuchli raqib bilan o'ynashimizning hikmati bor"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bir necha soat oldin bo'lib o'tgan U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga tashlangan qura natijalari bo'yicha fikrlarini bildirdi.

"Qura bo'lib o'tdi, raqiblarimiz malum. Albatta guruhdagi uchta raqib orasida eng jiddiysi Eron. Lekin bu erda qo'rqadigan joyi yo'q, deb o'ylayman. Nasib qilsa, uyda o'ynaymiz. Birinchi o'rin bilan chiqishga harakat qilamiz. Tayyorgarlik ko'ramiz. Maqsadimiz aniq. Osiyo kubogiga yo'llanma olib, u erdan Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak.

Eron bilan oxirgi turda o'ynaymiz. Guruh g'olibligi uchun ular bilan kurash olib borishimiz aniq. O'tgan Osiyo kubogida Eron bilan guruhda to'qnash kelgan edik. Ozmi-ko'pmi malumotga egamiz. Afg'oniston va Gonkong haqida malumot to'playmiz. Bizga Eron tushganining hikmati bordir, kuchli raqib balki kamchiliklarimizni ko'rsatib berar. Kuchimiz va imkoniyat darajamizni bilamiz. O'sha pallada optimal formada bo'lib, yaxshi natija bilan muxlislarni xursand qilamiz",- deydi Timur Kapadze.



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика