So’nggi yangiliklar

08:07Ўзбекистон кубоги. Саралаш учрашувларига қуръа ташланди  0 07:40ЖЧ-2026 саралаш. Терма жамоамизнинг эҳтимолий таркиби маълум  7 05:13ЖЧ-2026 саралаш. Бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб борамиз!  29 01:00ФОТО. Ўзбекистон миллий терма жамоасининг расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 00:14Россия ФИФА рейтингида 174-ўриндаги жамоа билан ўртоқлик ўйини ўтказди  27 23:452027 йилги ЕЧЛ финали Мадрид шаҳрида бўлади  2 23:21АПЛдаги нархи энг кўп арзонлашган футболчилар  2 22:54Тимур Кападзе Қирғиз Республикасига қарши баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  28 22:35 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан расмий машғулотини ўтказди  0 22:13Бобир Абдиҳолиқов: "Ўйинга 100% тайёрмиз. Эртага гол уришга ҳаракат қиламан"  14 21:40Алаба ва Милитао "Реал"да қолиши мумкин  4 21:20Ўзбекистон термаси асосий ўйинчиларидан бири жароҳат сабаб миллий жамоа лагерини тарк этди  42 21:04Қирғиз Республикаси термасининг "Бунёдкор" стадионидаги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  6 21:01Ламин Ямал: "Барселона"нинг ҳозирги мақсади – требл"  3 20:45Ўзбекистон - Қирғизистон. Терма жамоамизда дисквалификацияга учраган футболчи борлиги ёдингиздами?  11

Timur Kapadze Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Timur Kapadze Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

Timur Kapadze va Odiljon Hamrobekov JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasidagi Qirg'iz Respublikasiga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Ertaga bizni qiziqarli bahs kutib turibdi. O'ylaymanki, biz ertangi bahsga tayyormiz. O'z uyimizda o'ynaymiz. Bugun so'nggi mashg'ulotni o'tkazamiz. Barchasi joyida" - deya fikr bildirdi Timur Kapadze.

Birinchi navbatda, butun jamoa nomidan, so'nggi uch yarim yilni biz bilan birga o'tkazgan Srechko Katanecga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bosh murabbiyimizga qattiq sog'liq tilaymiz. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak. O'yin ahamiyatini sizlar bizdan ham yaxshiroq tushunib turibsizlar. Biz ertaga bir jamoa bo'lib harakat qilsak, o'z oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishamiz" - dedi Odiljon Hamrobekov.


- 2011 yili O'zbekiston milliy terma jamoasi safida Qirg'izistonga qarshi ikki uchrashuvda qatnashgan edingiz. Ikki bahsda ham O'zbekiston terma jamoasi g'alaba qozongan edi. Ushbu uchrashuvlarni eslaysizmi?

- Albatta, ammo u vaqtdagi o'yinlarni ertangi bahs bilan solishtirish qiyin. Futbol kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Biz o'sha vaqtlari Qirg'iziston bilan ko'p marotaba to'qnash kelganmiz. Qirg'iz futboli hozirgi kunda o'sishmoqda. O'ylaymanki, ertaga jamoamiz kuchli va yaxshi o'yin namoyish etadi.




- Savolim Eronga qarshi kechadigan keyingi uchrashuv haqida edi. Tehronga etib borish masalalarida muammolar kuzatilmaydimi?

- Hammasi joyida. Barchasini rejalashtirganmiz. Tehronga to'g'ridan-to'g'ri reys orqali uchib boramiz va ortga "charter" reysda qaytamiz. Qaerda joylashishimiz ham aniq bo'lib ulgurgan, Tehronga bundan avval ham borganmiz.

- Qirg'izistonga qarshi o'yinga ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'ra oldingizlarmi?

- Vaqt biroz kamroq edi. Hozir ham mashg'ulotimiz bor. Hammasi joyida va barcha futbolchilar sog'-salomat. Men FIFA kunlarini oldinroq boshlanishini istagan bo'lardim, ammo bu bizning qarorimiz emas. Har bir futbolchimiz ertaga maydonga tushib, o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etadi.



- Husniddin Aliqulovning yo'qligi himoyamizga qanchalik tasir qilishi mumkin?

- Bu futbol va bunday holatlar uchrab turadi. Terma jamoadagi har bir futbolchi tayyor bo'lishi kerak. Shu sababli, Husniddin o'rnini bilintirmaymiz degan umiddaman. Jarohatlar futbolning bir bo'lagi. Nima bo'lishidan qati nazar biz asosiy vazifamizni bajarishimiz kerak.

- Hojimat Erkinov so'nggi pallada terma jamoaga chaqirildi. Bunga sabab o'ng qanot yarim himoyasidan ko'nglingiz to'lmayotganmi? Shuningdek, Oston Urunovning holati qanday?

- Oston biroz noqulaylik his etdi va shu sababli kechagi mashg'ulotlarda oxirigacha ishtirok etmadi. Hozir u doktorlar nazorati ostida, ertaga yakuniy qarorni qabul qilamiz. Hojimatni esa kerakligi uchun chaqirdik. Oldinda yana bitta bahsimiz.

Odil Hamrobekovga savol

- Qirg'izistonga qarshi dastlabki uchrashuvdan oldin Srechko Katanec "ertaga maydonda kim "boss" ekanligini ko'rsatib qo'yishimiz kerak. Biz Qirg'izistondan kuchliroq ekanligimizni isbotlashimiz zarur" degan edi. Ertangi o'yindan oldingi kayfiyat ham shundaymi?

- Maydonda familiya o'ynamaydi. Futbolchi o'zi harakat qilishi kerak. Biz Qirg'izistondan kuchliroqmiz deb maydonga tushsak, bu bizning xatomiz bo'ladi. Biz o'zimizning mahoratimizni, xohishimiz orqali namoyish etishimiz mumkin. Zamonaviy futbolda har qanday jamoa har qanday raqibni mag'lub etishi mumkin ekanligiga guvoh bo'lyapmiz. Bitta o'yinga tayyorgarlik ko'rish oson. Bizda bunday kayfiyat yoki holat yo'q.



Odil Hamrobekovga savol

- "Bunyodkor" stadioni sizga begona emas. Maydonning hozirgi holati qanday? Avvalgi bahslarda maydon holati bo'yicha gap-so'zlar ko'p bo'lgandi. Ertaga anshlag bo'lishi kutilmoqda. Ushbu haqda ham fikr bildirib o'tsangiz...

- Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi bizga yordam beradi va bizga yuklatilgan masuliyatni oshiradi. Maydon holati juda ham yaxshi edi, ertaga maydon bo'yicha muammo bo'lmasa kerak.

- Abduqodir Husanovning terma jamoadagi laqabi "Siti"ga o'tganidan keyin o'zgardimi?

- Husanovning transferi yosh futbolchilarga ko'proq motivaciya beradi. Mashg'ulotlarga kelayotgan muxlislar soni ham ko'payib qoldi. Abduqodirning terma jamoadagi laqabi o'zgarmadi. U biz uchun hali hamon o'sha-o'sha Abduqodir.

- Terma jamoa safidagi Superliga futbolchilarining jismoniy holati qanday? Ular 90 daqiqa o'ynay oladimi?

- Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, jismoniy holatimiz yoki boshqa jihatlarga etibor berish kerak emas. Maydonga chiqib, o'zimiz uchun kerakli natijani qo'lga kiritishimiz shart. Futbol jamoaviy o'yin va bahs davomida futbolchilar bir-birini to'ldirishi kerak. Qani edi, bizda tayyorgarlik uchun biroz ko'proq vaqt bo'lsa, ammo bu ilojsiz. Ertaga barcha eng yaxshi o'yinni ko'rsatishi kerak.



- Timur aka, siz Olimpiya terma jamoamizni ilk marotaba Olimpiya o'yinlariga olib chiqqan murabbiy sifatida tarixdan joy olgansiz. Endi esa milliy terma jamoani ham ilk marotaba mundialga olib chiqishingiz mumkin. Ushbu jihat sizga bosim yuklayaptimi yoki qo'shimcha kuch bermoqdami?

- Men bu haqda o'ylayotganim ham yo'q. Men o'z oldimga qo'ygan vazifani uddalashim kerak. Ertaga o'yinimiz bor, undan keyin esa keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

- Guruhimizdagi boshqa terma jamoalar bizga nisbatan "o'ziga xos"(kelishilgan. tahririyat) o'yinlar ko'rsatishi mumkinmi?

- Menga umuman qizig'i yo'q. Barchasi o'zimizga bog'liq. Ochkolar yig'ishda davom etishimiz kerak. Raqiblar bizning o'rnimizni egallashni istaydi va shu sababli ular bunday narsalarga qo'l urishi mumkin.

- Olimpiya terma jamoasidan so'ng murabbiylik faoliyatingizda kichik tanaffus ro'y berdi. Ushbu tanaffus sizga qanchalik yordam berdi?

- Har bir bahs bu alohida yuk. Nasib qilgan ekan, Olimpiadaga chiqish nasib qildi. Biroz dam olgani, ancha katta foyda berdi. Fikrlashim o'zgardi. Terma jamoaga kelishim esa, tezda ro'y berdi. Bosh murabbiy sog'lig'idagi muammolar tufayli o'z lavozimini tark etdi. Terma jamoa menga begona emas, ko'p yillar davomida futbolchi sifatida o'ynadim va endi bosh murabbiy sifatida shu erdaman. Asosiy etiborimiz ertangi o'yinga qaratilgan.

- Bishkekdagi uchrashuv ancha qiyin kechgandi. Ertaga ham shunday "xavfli" scenariy takrorlanmasligi uchun nima qilishimiz kerak deb o'ylaysiz?

- Bilasiz, qo'shnichilik aloqalarimiz bor. Bu ham qo'shimcha bosim yuklaydi va har bir bahs o'ziga yarasha asabiy bo'ladi. Ertaga nima bo'lishidan qati nazar, raqibga imkon bermaslik va g'alaba qozonish. O'yin qanday kechishidan qati nazar asosiysi g'alaba qozonish.





Reyting: +14   

Fikrlar

+7   
19 mar 23:11:05
Bahodir
Умуман машғулотга хам, матбуот анжуманига хам келган кўпгина футболдан узоқ журналистлар борлиги билиниб турибди. Илтимос халқни асаби билан ўйнашманглар. Бизга хақиқий футбол керак пиар қилиб лайк йиғаман деб кўрдик кеча шунча йил фан клуб директори бўлиб юрган инсон Гелик шоу қилиб юрибди. Бас қилинглар. Хусановни лақаби ўзгардими миш.
+2   
19 mar 23:05:41
sardor
Ютиш кере вассалом йигитла хар хил гапла бн узилага босим килиш керемас, Эрон БАА ни ютади Худо хохласа, яна анча олдинга чикиб оламиз.
+1   
19 mar 23:33:37
насрилло
Тимур кападзе Тажрибали тренер, У 100% термани ЖЧ га олиб чикади!!!
+1   
19 mar 23:28:28
Mirjaxon Azizov
Ikromjon foydalanuvchining fikriga javob berish
Остон урунув келишга келди жарохат сабаби тарк этди. Буни тагида гап бор остони характери тугри келмади кападзега менимча икови чикишмайди лекин остондай уйинчи кам термада у ики учта уйинчини узига жалб килиб зоналар очадиган кам сонлик уйинчилар тоифасига киради халиям булса уни кайтариш керак бизда Энг фойдалик дрингблинчи уйинчи машариповда шунака талант бор лекин у кераклик пайтида пас бермайди ёки кераксиз пайт алдайверади иложи булса кайтаринглар остони уни талантидака талнтлик уйинчи йук бизда
Ostonda rostanam jarohat bor. Kapadze bilan ham munosabatlari yaxshi agar yomon bulganda ostondi olimpiadaga olib ketmagan bulardi
+1   
19 mar 23:26:33
Bahodir
Ikromjon foydalanuvchining fikriga javob berish
Остон урунув келишга келди жарохат сабаби тарк этди. Буни тагида гап бор остони характери тугри келмади кападзега менимча икови чикишмайди лекин остондай уйинчи кам термада у ики учта уйинчини узига жалб килиб зоналар очадиган кам сонлик уйинчилар тоифасига киради халиям булса уни кайтариш керак бизда Энг фойдалик дрингблинчи уйинчи машариповда шунака талант бор лекин у кераклик пайтида пас бермайди ёки кераксиз пайт алдайверади иложи булса кайтаринглар остони уни талантидака талнтлик уйинчи йук бизда
Ия Остонда жарохат борлиги аниқку Эрон чемпионатини Элит ЧЛ қанча ўйинларни ўтказиб юборди ахир. Остонни характери тўғри кемаса чақирмай қўя қолар эди. Остон билан алоқалари зўр бўмаганида олимпиадага уни танламас эди. Сабаб жарохат ва тонусдамаслиги менимча.
+1   
19 mar 23:24:11
Mirjaxon Azizov
Buxoro Bexruz foydalanuvchining fikriga javob berish
Agar ertaga biz Qirgʻizlarni yutsak va Eron ham BAA ni yutsa, oramizdagi farq 6 ochkoga yetadi. Bunday holatda esa yana 3 ta oʻyinda kamida 1 ta durang qilsak JCH ga chiqamiz xudo xohlasa
Usha 1 ochkoni B.A.A qarshi uyinda olsak chiqamiz
+1   
19 mar 23:18:07
Бахтиёр Ашуров
Фол очишлар бошланиб кетибдику!
+1   
19 mar 23:12:36
Buxoro Bexruz
Agar ertaga biz Qirgʻizlarni yutsak va Eron ham BAA ni yutsa, oramizdagi farq 6 ochkoga yetadi. Bunday holatda esa yana 3 ta oʻyinda kamida 1 ta durang qilsak JCH ga chiqamiz xudo xohlasa
   
20 mar 07:28:28
Anvarov Sherzodbek
Xusanov nima ovqat yedi bugun deb savol bermabdida. Laqabini soʻragan jirnalist iltimos oʻyindan keyin kapatzedan shuni soʻrab koʻring
   
20 mar 06:17:06
Usmonov Bahodir
Bugungi oʻyinda yutish kerak Oʻzbekiston Eron BAA yutish kerak
   
20 mar 05:50:17
W. W. W Uz
Спорт журналистлари матбуот анжуманларига бормаяпсилар шекилли, савиясиз бемани саволлар берилишига караганда. Подкастларни матбуот анжумани вактида олмасдан.
   
20 mar 05:32:12
Sardorbek Karimov
Buxoro Bexruz foydalanuvchining fikriga javob berish
Agar ertaga biz Qirgʻizlarni yutsak va Eron ham BAA ni yutsa, oramizdagi farq 6 ochkoga yetadi. Bunday holatda esa yana 3 ta oʻyinda kamida 1 ta durang qilsak JCH ga chiqamiz xudo xohlasa
BAA 3 ta oʻyinda 9 ochko yigʻib qushchi? Unda nima boʻladi?
   
20 mar 05:14:10
Bexzodbek Xoldarov
Xozirgi Mtj xammasini yutib JCh ga chiqadi va Chiqibgina qolmay.
Jch guruxdan xam chiqadi
   
20 mar 05:12:51
Bexzodbek Xoldarov
Qirgizni yutamiz xudo xoxlasa va qolgan oyinlarni xammasini yutamiz.
Qatar bn oxirgi oyin uyda mazza qilib kotta pul bersa sotamiz????????
   
20 mar 05:06:06
Abdusalom Mirzayev
насрилло foydalanuvchining fikriga javob berish
Тимур кападзе Тажрибали тренер, У 100% термани ЖЧ га олиб чикади!!!
Албатта олиб чиқади, сценарийни шахсан Тоҳир Копадзе ёзган.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика