So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  3 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  12 19:35U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  102 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  3 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  2 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  14 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  24 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1

Timur Kapadze: "O'ylaymanki, muxlislarimiz qarshisida yaxshi o'yin ko'rsatib, ijobiy natijaga erishamiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'ylaymanki, muxlislarimiz qarshisida yaxshi o'yin ko'rsatib, ijobiy natijaga erishamiz"

Xabaringiz bor, bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida U-23 Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.

SHundan so'ng termamiz ustozi Timur Kapadze OAV bilan muloqot qildi.

"Birinchi navbatda, muhtaram prezidentimizga, O'FA va OFK rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Bu biz uchun katta tajriba bo'ladi. Qura yaxshi o'tdi. Guruhimizdan qiyin raqiblar joy olishdi. Biroq bu biz uchun muammo tug'dirmasligi lozim, chunki uyimizda o'ynaymiz. Maqsadimiz ulkan, bunga erishish uchun astoydil harakat qilamiz.

Umuman olganda, hamma guruhdan kuchli jamoalar o'rin olishdi. Har bir jamoa g'alaba uchun kurashadi. 

O'ylaymanki, muxlislarimiz qarshisida yaxshi o'yin ko'rsatib, ijobiy natijaga erishamiz. Superligadagi o'yinlar hamda ushbu turnir orqali biz tajriba to'playmiz va albatta, kuchayamiz. Kuchli raqiblarga qarshi o'ynab, yigitlarimiz o'z mahoratlarini oshirib borishadi. 

Mart oyidagi FIFA kunlarida "Dubay Kubogi" musobaqasida ishtirok etamiz. O'sha musobaqada ham kuchli raqiblar bilan to'qnash kelamiz. Bundan tashqari, o'rtoqlik uchrashuvlari bo'ladi. Yakunda InshaAlloh o'z maqsadimizga etishamiz", – dedi Timur Kapadze.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика