So’nggi yangiliklar

07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  1 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  10 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  14 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0

Timur Kapadze: "O'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Olimpik" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Uchrashuv qiyin ruhda o'tishini bilardik, lekin yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ikkala jamoa ham o'z vazifasini bajarmoqda. Bu o'yinlar orqali shogirdlarim o'sishga erishishi lozim. Ko'rganingizday, o'yin kurashlarga boy ruhda o'tdi. Ikkala jamoa ham birinchi golni kiritish uchun harakat qildi, ammo omad etishmadi. Durang o'yinga mos bo'ldi. 

- Mehmonda o'ynayotganingizga qaramay, asosiy tarkibda uch nafar hujumchi bilan boshladingiz? Bu tavakkal emasmi? 

- Biz har doim shunday o'ynaymiz. O'yin davomida futbolchilarning joylashuvi o'zgarib boraveradi. 

- "Neftchi" bilan o'zaro o'yinlarda tajribaga egasiz. Oldingi o'yinlarga qaraganda, bugun "Olimpik" cho'chib o'ynadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Bu fikrga qo'shilmayman. O'yin davomida darvoza oldidan pas orqali hujum boshladik. Futbolchilar dovdiramadi. Raqib ham yaxshi o'ynadi. Bazi vaziyatlarda kuch va tajriba etishmagandir, biroq har bir o'yin shogirdlarimda o'ziga bo'lgan ishonchini oshirishda foydali bo'lmoqda. O'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz. Maqsadimiz ham shu. Superligadagi har bir klub kuchli, chempionatda oson o'yin bo'lgani yo'q. 

- Vladimir Nazarov bugun qaydnomaga ham kiritilmadi. Unda jarohat bormi?

- Yo'q, shunchaki boshqa darvozabonga imkoniyat berishga qaror qildik. Abdunabiev bugun yaxshi o'yin namoyish etdi. Boshqa posbonlarga ham imkon beramiz. Nazarovga biroz dam berishga qaror qildik. 

- Xitoydagi yozgi Osiyo o'yinlari qoldirildi. Bu jamoa foydasiga ishlaydimi yo zarariga?

- Xalqaro o'yinlarning masuliyati kuchli. Turnir qoldirgani yaxshi emas, biroq keyingi yil o'tkazilsa, ishtirok etishga tayyormiz.

- Begimov keraksiz joyda qizil kartochka oldi, u o'zini to'xta olmadimi?

- Bahsli vaziyat, Begimov to'p uchun harakat qilayotgandi. Bekorga o'yinni to'xtatishmadi. Yo'qotishdan afsusdamiz, lekin uning o'rnini bosadigan futbolchilarimiz bor. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика