So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  0 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  0 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  21 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  4 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  15 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  6 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0

Timur Kapadze: O'tgan mavsumdagi jamoamizning asosini saqlab qoldik Yangiliklar

Timur Kapadze: O'tgan mavsumdagi jamoamizning asosini saqlab qoldik

Olympic bosh murabbiyi Timur Kapadze Aral Samaliga (2:0) qarshi uchrashuvdan so'ng mavsumga tayyorgarlik va selekciya ishlari haqida fikr bildirdi.

«Turkiyadan qaytganimizdan so'ng Toshkentda tayyorgarlikni davom ettirdik. Bir hafta ichida to'rtta nazorat uchrashuvida maydonga tushdik. Ikkita tarkibga ham o'ynashga imkon berdik. O'ylaymanki, yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Mavsum boshlanishiga oz vaqt qoldi va unga tayyorgarlik olib borishda davom etamiz. Nazorat uchrashuvlarida yaxshi harakat qilishdi deb o'ylayman. Umuman olganda, har bir futbolchining sog'lig'i va tayyorgarligi ancha yaxshi holatda. Mavsum boshlanishga bir hafta qoldi va qolgan kunlarda ham tinmay mashg'ulot olib borishda davom etamiz. Birinchi turga qadar tayyor bo'lamiz deb o'ylayman»,-dedi Timur Kapadze.

Mavsum oldi tayyorgarliklardan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

Manimcha, yaxshi bo'ldi. Turkiyada va bu erda tayyorgarlikdan ko'nglim to'ldi. Bu erda ozgina kamchiliklar bor, lekin ular ham yaqin orada hal bo'ladi. Biroq bu kamchiliklar tayyorgarliklarimizga qattiq tasir qildi deb o'ylamayman. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi. Endi barchasini mavsumdagi o'yinlarimiz ko'rsatadi. Tayyorgarliklarda asosan jismoniy holatni yaxshilashga etibor berdik. SHuningdek, taktik tayyorgarliklar ham yaxshi bo'ldi.

Selekciya ishlaridan ko'nglingiz to'ldimi?

- O'tgan mavsumdagi jamoamizning asosini saqlab qoldik. Keyin bir nechta o'zimga kerak bo'lgan futbolchilarni ham qo'shib olishga erishdik. Yangi futbolchilardan ko'nglim to'ldi. Bu yil bizda bir nechta turnirlar bor va ularni yaxshiroq shaklantirish uchun o'zimiz safimizga qo'shib oldik. Ular endi bizni jamoada harakat qilishadi. Umuman olganda, bizda teng kuchli ikkita tarkib bor. O'ylaymanki, chempionat bu yil ancha qiziq bo'ladi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика