So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  0 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  6 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  5 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Timur Kapadze: "Italiya A seriyasi yulduzlariga qarshi oxirigacha g'alaba uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Italiya A seriyasi yulduzlariga qarshi oxirigacha g'alaba uchun o'ynaymiz"

Teglar :  Timur Kapadze
Bugungi bahsdan oldin O'zbekiston afsonalar terma jamoasi safida maydonga tushadigan Timur Kapadzening fikrlari bilan qiziqdik.

"Birinchi navbatda tashkilotchilarga, rahbariyatga rahmat aytaman. Biz uchun terma jamoa libosini kiyish doim faxrli. O'zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan o'yin yaxshi o'tadi deb o'ylayman. Uchrashuvga bo'lgan qiziqish ham katta.

Bu yigitlar bilan taxminan 15 yil davomida birga to'p tepganmiz. Eski xotiralarni esladik, yaxshi damlarni yodga oldik. To'g'ri ko'pchilik futbolchilar shu erda lekin doim ham yig'ilishga vaqt bo'lmaydi, mana chetdan Sasha Geynrix keldi.

Anchadan buyon futbol o'ynamaganmiz. Italiya tomonidan ham yaxshi futbolchilar keldi, Jahon chempionlari ham bor.

Albatta bunday bayramlarda katta hisobli duranglar ko'p bo'ladi. Ammo ishoning biz oxirigacha kurashamiz, terma jamoa libosini kiydikmi faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Timur Kapadze.


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика