Timur Kapadze: "Eronni yaxshi o'rganib chiqamiz va kerakli malumotlarni to'playmiz"
17 mar 22:11
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Eronni yaxshi o'rganib chiqamiz va kerakli malumotlarni to'playmiz"
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Qirg'iziston va Eronga qarshi bo'ladigan JCH-2026 saralash bahslari haqida fikr bildirdi.
"Hozircha hamma yig'inga kelib ulgurgani yo'q, ertaga kechasi to'liq tarkibda mashg'ulot o'tkazamiz. Husniddin Aliqulovdan tashqari hamma sog'. Aliqulov - biz uchun katta yo'qotish.
Eronni hammamiz yaxshi taniymiz, o'rganib chiqamiz, vaqtimiz bo'ladi va kerakli malumotlarni to'playmiz. Qirg'izistonga qarshi bahs oson bo'lmaydi. Ularni o'z maqsadi bor, bizni o'z maqsadimiz. Bu ciklda hech qaysi o'yin oson o'tmadi. Raqib kim bo'lishidan qati nazar o'z maydonimizda bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak", – dedi Timur Kapadze.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov "Rizespor" klubi safida Turkiya chempionati doirasidagi uchrashuvda burni va yonog'idan jarohat olgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar