So’nggi yangiliklar

20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  2 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  1 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  6 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  10 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  11 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  15

Timur Kapadze: "Bunday o'yinlar bizni kuchliroq qiladi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bunday o'yinlar bizni kuchliroq qiladi"

Superliga 5-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Ikki jamoa ham chiroyli o'yin ko'rsatdi. Yigitlarimiz astoydil harakat qilishdi. Ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik. Afsuski, ulardan unumli foydalana olmadik. Oxirgi daqiqalarda penaltidan ham foydalana olmadik va mag'lubiyatga uchradik. Umuman olganda, g'alabaga haqli edik. 

Ignatiy Nesterov bugun yuqori sport formada ekanligini namoyish qildi. U har doim yaxshi turgan. 

"Qizilqum" tajribali futbolchilardan iborat tarkibga ega. Futbolchilarimiz yaxshi harakat qildi. Bunday o'yinlar bizni kuchliroq qiladi. 

- Alisher Odilov nisbatan orqaroqda o'ynamoqda, o'tgan mavsumda bunday emasdi...

- Yo'q, orqaroqda emas. U ikkinchi hujumchi bo'lib o'ynadi. Bu erda taktik jihatdan kimdir orqaroqqa o'tib turishi lozim edi, bu o'yindan kelib chiqib yuzaga keladi.

- Yil boshidan buyon markaziy himoya chizig'ida aniq tandem o'ynamayapti. Bu nima bilan bog'liq?

- 3 futbolchimiz jarohatlangan, hatto 4 kishi. Muammo bor edi. Ko'rganingizdek, qolgan bolalar ham yaxshi harakat qilishdi. 

- Jamoada penaltini kim tepishi bo'yicha aniq bir qaror qabul qilinganmi?

- O'sha erda bir qarorga kelindi. Po'latxo'ja Holdorxonov o'ziga ishonib, to'p oldiga yaqinlashdi. Balki gol urganda, bu o'zi uchun qandaydir motivaciya bo'lardi. Boshqa yigitlarimiz ham tepishni xohlashdi. 

Bu – futbol. Urganda, xursand bo'lardik. Demak, keyingi safar boshqa o'yinchi ijro etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика