So’nggi yangiliklar

03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Timur Kapadze: "Bosh murabbiyni yaqinda almashtirgan jamoaga qarshi o'ynash oson emas, ammo g'alaba qozonishni uddaladik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bosh murabbiyni yaqinda almashtirgan jamoaga qarshi o'ynash oson emas, ammo g'alaba qozonishni uddaladik"

Coca Cola Superliganing 6-turi doirasidagi “Olimpik” - “Buxoro” uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqidagi qisqacha fikrlaringiz?

- Jamoamni g'alaba bilan tabriklayman. Barcha bugungi g'alabani kutayotgan edi. "Turon" va "Buxoro"ga qarshi uchrashuvlar oson bo'lmasligi aniq edi. Bosh murabbiyni yaqinda almashtirgan jamoaga qarshi o'ynash oson emas, lekin asosiysi biz bugun g'alaba qozondik. 10 kishi bo'lib qolib ham yigitlar irodali o'yin namoyish etishdi.

- Qizil kartochka o'yinga qay darajada tasir qildi deb o'ylaysiz?

- CHetlatish biz uchun imtihon bo'ldi deb ayta olaman, sababi bir kishi kam bo'lib qolganimizda katta bosim bo'ldi. O'ylaymanki, agar chetlatish bo'lmaganida ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda esa, raqib xatosini kutib qarshi hujumga tayandik. 1:0 hisobini saqlab qoldik va bu uchrashuv biz uchun ancha foydali bo'ldi.

- Mavsum davomida futbolchilaringiz ko'p marotaba maydondan chetlatilmoqda va ushbu holat jamoangizni ancha qiynab qo'ydi, bugungi uchrashuvda hisobni saqlab qolishga erishdingizlar, lekin kuchli raqiblar bunday xatoni kechirmasligi mumkin. Qizil kartochkalar sonini kamaytirish uchun, bosh murabbiy sifatida ushbu holat bo'yicha yigitlar bilan suhbatlashmadingizmi?

- Bu masala bo'yicha ishlamoqdamiz. "Turon" bilan bo'lgan bahsga qadar 5ta o'yinchimiz shu sabab tufayli jamoaga yordam bera olmayotgan edi. Ruhshunos ushbu masala bo'yicha suhbat olib bordi. Bugungi vaziyatga keladigan bo'lsak futbolchiga tajriba etishmadi, yigitlarning yoshligi sabab ularga sovuqqonlik etishmayapti. Ushbu mavsumda nafaqat bizda, balki barcha jamoalarda qizil kartochkalar ko'payib qoldi.

- Futbolchi bilan shaxsan suhbat olib borasizmi?

- Men futbolchi bilan gaplashib bo'ldim, u maydoni tark etayotgan vaqti unga etiroz bildirib o'tdim. G'iyosov mashg'ulot jarayonlarida ham shunday tarzda to'p olib qo'yishga harakat qiladi. O'sha vaziyatda u sal engilroq o'ynasa bo'lar edi. U o'zi uchun xulosa chiqardi deb o'ylayman, sababi o'yin amaliyotidan mahrum bo'lish futbolchi uchun katta jazo.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика