So’nggi yangiliklar

16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  1 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  4 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  9 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  15 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0

Timur Kapadze: "Biz tanlab olgan yo'lning o'zi zimmamizga katta masuliyat yuklaydi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Biz tanlab olgan yo'lning o'zi zimmamizga katta masuliyat yuklaydi"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Olimpik" (1:5) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Jamoamiz azolarini g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi. Hujumchilar yaxshi ishlashdi, o'tgan o'yindan farqli tarzda ular vaziyatlardan unumli foydalanishdi. 

"Bunyodkor" yaxshi jamoa, ularga qarshi qiyin o'yin bo'lishini bilardik. SHu sabab bu jamoaga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Jamoamiz barcha o'yinlarda yaxshi harakat qilayotgandi, biroq vaziyatlardan foydalanish bo'yicha xatolarimiz bor edi. Bugun hujumchilar yaxshi ishlashdi va vaziyatlardan unumli foydalanishdi. Biz uchun juda yaxshi hisob bo'ldi.

- "Bunyodkor"ga qarshi qanday taktik uslublarni qo'lladingiz? 

- "Bunyodkor" ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib chiqdik, tahlil qildik. Ular "Neftchi"ga qarshi boshqacharoq uslubda o'ynashgandi, bugun boshqacharoq uslubni tanlashdi. Biz qisqa uzatmalar orqali o'yin tashkil etamiz. Ko'p jamoalar esa aksincha, uzun uzatmalar orqali o'yin tashkil qilishadi. Bunday xolatda ulardagi zaif nuqtalarni aniqlash qiyin. Biz qisqa uzatmalar orqali "Bundyokor"dagi bo'shliqlarni aniqlashga harakat qildik va buni uddaladik.

- "Olimpik" kuchli jamoalarga qarshi yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Bunday o'yinlarda futbolchilarga boshqacharoq motivaciya berasizmi?

- Biz tanlab olgan yo'lning o'zi zimmamizga katta masuliyat yuklaydi. Yigitlar o'yindan o'yinga o'sib borishyapti, men aynan shu tomonlama xotirjamman. Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar jamoamizni yanada kuchaytiradi. Yaxshi o'yin tashkil etayotgan bo'lsak ham g'alaba yo'q edi. Bugun mana Superligada ham birinchi g'alabamizni qayd etdik. Bunday natijalar "Olimpik"ning to'g'ri yo'ldan borayotganidan dalolat beradi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика