So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  5 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

Timur Kapadze: "Agar kameralar soni ko'proq bo'lganida, VAR qarorlari tez va to'g'riroq chiqarilgan bo'lardi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Agar kameralar soni ko'proq bo'lganida, VAR qarorlari tez va to'g'riroq chiqarilgan bo'lardi"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Olimpik" (1:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Futbolimizning 110 yilligi bilan muborakbod etaman. CHunki ozmi-ko'pmi tarixga egamiz. Nasib qilsa, keyingi yillarda terma jamoalarimizning yutuqlari tufayli katta bayram qilaylik. 

Qiziqarli o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham astoydil kurash olib bordi. Maydon sifati borasida ozgina kamchiliklar bor edi, shuning uchun ko'p kurashlar kuzatildi. Afsuski, o'yin oxirida penalti tufayli g'alabani qo'ldan chiqardik. Ammo bu – futbol. Demak, qaerdadir xato qilganimiz tufayli mag'lubiyatga uchradik. Umuman olganda, qiziqarli uchrashuv bo'ldi.

- Jamoangiz raqib qizil kartochka olgandan keyin ham chamasi 10 daqiqani himoyada o'tkazdi, "Olimpik" hujumga o'tishi kutilgandi...

- Bugun deyarli tomoshabinga to'la stadion o'yin boshidanoq tasir o'tkazdi. Ko'pchilik bo'lib qolganimizdan keyin yigitlar faollikni oshirishdi.

- Darvozabon Vladimir Nazarov jarohatdan keyin tiklanishga ulgurdimi?

- Uning jarohati jiddiy emas ekan. U o'yinga tayyorligi tufayli unga imkoniyat berdik.

- Penalti haqida fikringiz?

- Vaziyatni VAR'da ko'rib chiqishdi va shunday qarorga kelishdi.

- Superliganing ko'p o'yinlarida qizil kartochka va penaltilar ko'ryapmiz. Gima deb o'ylasiz, o'yinlar taqdirini hakamlar hal qilishyaptimi?

- Ko'pincha VAR bor o'yinlarda shunday qarorga kelishmoqda. Umuman olganda, menimcha, VAR'da ko'rilganidan keyin bu yuzasidan boshqa savollar bo'lmasligi kerak. Qizil kartochkalar kuzatilyaptimi, demak, maydonda emociyalarga berilish va jiddiy kurash kechmoqda.  Futbol kurashlardan iborat.

- CHempionatimizdagi VAR o'zini oqlayaptimi? 

- VAR butun dunyoda ishlatilmoqda. Ammo bizda kameralar kam, ularni ko'paytirishimiz kerak. Agar kameralar soni ko'proq bo'lganida, qarorlar tez va to'g'riroq chiqarilgan bo'lardi. 

- 1-taymdan so'ng bir yo'la 2 ta o'zgarishga qo'l urdingiz. Bu taktik o'zgarishmidi yoki shogirdlaringizdan ko'nglingiz to'lmadimi?

- Unisi ham, bunisi ham. 1-taymda o'zini erkin his qilmagan futbolchilarni o'zgartirishga harakat qildim.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика