Tibo Kurtua "CHelsi"ga qarshi o'ynaydi
11 apr 2014 16:08
Yangiliklar
UEFA bayonot berishicha, Tibo Kurtua "CHelsi"ga qarshi o'ynashi mumkin ekan. Bu haqida Evropa CHempionlar ligasi qoidalari va tartib-intizom qo'mitasida aniq qilib ko'rsatib qo'yilgan band bor. Klublarning o'zaro kelishuvidan qatiy nazar, har qanday futbolchi UEFA musoboqasida o'zining jamoasiga qarshi o'ynashi mumkin. Demak "CHelsi"ga qarshi o'yinda Tibo Kurtua madridliklar darvozasini qo'riqlashi mumkin. Agarda "CHelsi" klubi biror qarshilik ko'rsatmoqchi bo'lsa, ularga qarshi UEFA kerakli chora-tadbirlarni ko'rib chiqadi.

Fikrlar