So’nggi yangiliklar

14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  0 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  2 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  9 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  10 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  8 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  13 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  33 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  13 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  23 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  13

Tiago Polido: “O'zbekiston, Tailand, Yaponiya va Eron terma jamoalari yarim finalga yo'l olishadi” Yangiliklar

Tiago Polido: “O'zbekiston, Tailand, Yaponiya va Eron terma jamoalari yarim finalga yo'l olishadi”

Teglar :  Tiago PolidoQatar
Qatar terma jamoasi Osiyo chempionatini guruh bosqichidayoq yakunladi. Kecha ushbu terma jamoa o'z uylariga ketmasidan oldin bosh murabbiyi Tiago Polido bilan uchrashib undan bugungi o'yin haqida fikrlarini bilib oldik.

-  Ushbu yirik musobayani guruh bosqichidayoq yakunladinglar. Ushbu ko'rsatgich Qatar futzal federaciyasi uchun yomon natija emasmi?
-  Biz ushbu yirik musobaqada ilk bor ishtirok etishimiz. Avvallari saralashdan o'taolmasdik. Bu safar esa guruh bosqichida uchinchi pog'onani band etib musobaqani tark etdik. Menimcha bu biz uchun yomon natija emas.

-  Afsuski ertaga uchib ketasizlar. Ketishingizdan oldin pley – off bosqichida qaysi terma jamoalar g'olib bo'lishadi va yarim final yo'llanmasi bilan birga JCH yo'llanmasini qo'lga kirita oladi?
-  Meni fikrimcha, O'zbekiston Iroq terma jamoasini mag'lub etsa, Eron Qirg'izistonni. Tailand esa Avstraliya ustidan g'alaba qozonsa, Yaponiya Vetnamni mag'lub etadi. Yarim final va JCHga O'zbekiston, Tailand, Yaponiya va Eron terma jamoalari yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

-  Ushbu turnirdan taassurotlaringiz?

-  Taassurotlarim alo darajada. Avvalgi Osiyo chempionati bu darajada o'tmagandi. Bu safar reglamentga biroz o'zgartirish kiritildi. Bu yilgi musobaqada Jahon chempionatiga chiqish uchun 5 ta yo'llanma berilgan. 4 ta terma jamoalar to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritsa, pley – offda g'olib bo'lgan 1 ta terma jamoa 5 yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin. Mexmonxonadagi kamchiliklarni aytmaganda bu yilgi Osiyo chempionati menga yoqdi.

-  Muxlislarimiz haqida qanday fikr bildirasiz?
-  Men ilk bor O'zbekistonga tashrif buyurishim, o'zbek futbol muxlislari meni hayratda qoldirdi. Umumiy aytkanda juda ajoyib. Muxlislar O'zbekiston terma jamoasini super darajada qo'llab – quvvatlab turishipti. Muxlislar ham menda iliq taassurot qoldirdi.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика