So’nggi yangiliklar

14:26ПРО-Лига. Сўнгги тур! Барча ўйинлар битта саҳифада (Онлайн натижа)  1 14:18Исмоилов 3 та, Бошкович 2 та ўйинга четлатилди. Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  0 14:15Одилжон Ҳамробеков "Насаф"га ўтдими?   2 13:58"Арсенал" "Аталанта" ҳужумичисига эътибор қаратди  1 13:34Ди Мария ЕЧЛдаги ассистлар бўйича 2-ўринга чиқиб олди  3 13:07Де Йонг "Барселона"нинг янги шартнома борасидаги таклифини қабул қилмади  8 12:26Слот: "Ливерпуль" бундан ҳам яхшироқ ўйнаши мумкин эди"  11 11:51Бэйл: "Бугунги кунда Килиан Мбаппе — дунёнинг энг яхши футболчиси"  19 11:38Эшитдик-да! Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоси "Нефтчи"га ўтади  17 10:55Лэмпард Чемпионшип жамоасини бошқаришга рози бўлди  2 10:45"Пахтакор" раҳбариятига таклиф: Қарс икки қўлдан чиқади. Черан клубни чиройли ва муносиб тарк этиши керак   13 10:28Анчелотти кечаги мағлубиятга изоҳ берди  39 09:53«Реал Мадрид» ЕЧЛ антирекордини ўрнатди  26 09:34EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум  8 08:58Sofascore. Кечаги учрашув учун "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  16

Tezyurar poezdi chiptasiga pulimiz kamlik qiladi, Parijga borish uchun esa bitta g'alaba kifoya Yangiliklar

Tezyurar poezdi chiptasiga pulimiz kamlik qiladi, Parijga borish uchun esa bitta g'alaba kifoya

Sirli va xavfli Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim finaldagi birgina g'alaba bizni Parijdagi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasidan ajratib turibdi.

Bugun "Temir xonim" qaddini kerib turgan mamlakatga yo'llanma chiptasini qo'lga kiritish sari bo'lgan orzularimiz ushalish arafasida turibdi. Biz o'z tariximizda ilk marotaba beshta xalqani o'zida mujassamlashtirilgan ramzga ega dunyoviy musobaqa ostonasida turibmiz. 

Osiyo kubogi yarim finalida chempionlikka davogar janubiy koreyaliklarni Seulga kuzatib yuborgan Indoneziya bilan to'qnash kelamiz.

Albatta, mazkur uchrashuvda ikkala jamoada ham g'alaba qozonish istagi yuqori.

Biroq g'alaba qozonish istagi muhim emas — bu tuyg'u har bir insonda mavjud. Unga qaraganda g'alabagacha bosib o'tilgan tayyorgarlik jarayoni muhimroq. 

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi kechagina yig'ilgani yo'q. Buning uchun bir o'spirinning universitet talabasi bo'lib, uni eson-omon tamomlagunicha davr o'tdi. Bu vaqt ichida Timur Kapadze shunqorlari o'z yashil maydonlarimizda o'tkazilgan qita turnirida tajriba oshirib, hatto finalga qadar etib bordi. SHuningdek, Osiyo o'yinlari ham qo'shimcha tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. 

Tarkibning mukammallashuvi esa joriy musobaqada o'z kuchini ko'rsatmoqda. Jumladan, "oq bo'rilar" to'rtta o'yinda 12 marotaba raqib qo'rg'onini yorib o'tishga muvaffaq bo'lgan hamda o'z darvoza chegarasini ishonchli saqlagan (4 ta quruq o'yin) holda bu borada eng yaxshi natija qayd etib turibdi. SHuningdek, darvozani o'qqa tutish (78 zarba), paslar aniqligi (85%) borasida shohanshoh bo'lib turibdi.

Hatto so'nggi yillarda mullajiring evaziga dunyoning mana-man degan yulduz futbolchilarga "sovchilik" qilayotgan saudiyaliklar xalta-xalta pullari bilan qo'llari kalta-kalta bo'ldi. Ular ishtirokidagi o'yinga salkam yarim taym qo'shib berildi, o'yinchilari yakkajang sanatidagi ko'pgina usullarni ishlatib ko'rishdi, bazilari esa milliy seriallarimizdagi aktyorlar o'rgansa arzidigan master-klasslar o'tib berishdi. Ammo bu xiylalarning hech biri ko'zlarida shijoat, yuragida Vatan tuyg'usi jo'sh urib turgan yigitlarimizga o'tmadi. Bazi o'g'lonlarimiz murabbiyining maydonda jang qilish kerak, degan so'zlarini asl manosida tushunib harakatlangan raqib futbolchilari dastidan shikastlangan bo'lishi mumkin. Biroq shuni unutmaslik kerakki, og'riq vaqtinchalik, lekin g'alaba abadiy qoladi.

Garchand bugun final bo'lmasa-da, finaldan-da muhimroq uchrashuvni bizni kutib turibdi. O'yin davomida nafaqat futbolchilar, balki siz-u bizning yuraklarimiz odatdagidan shiddatliroq uradi, asablarimiz rubob torlariday taranglashadi hamda g'alabaga xushbo'y hid tarayotgan palovxonto'raning qozondan chiqishini kutayotgandek intiq bo'lamiz.

Yodingizda bo'lsa, ikki jamoa o'tgan yili kung-fu pandaning vatanida o'tkazilgan Osiyo o'yinlarining nimchorak finalida o'zaro kelishgandi va o'shanda qo'shimcha bo'limlarda tarkibimizdan tushib qolgan SHerzod Esanovning dubli evaziga keyingi bosqichga yo'l olgandik. Bu safar esa mushkulimiz yanada engilroq bo'lishiga va bellashuv taqdirini 90 daqiqa ichida o'z foydamizga hal qilinishiga tilakdoshman.

O'ylaymanki, g'alabalarimiz salmog'i tezyurar poezdi chiptalarining narxlaridan ham yuqorilay oladi.


Oqil Abdubarnoev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика