So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  2 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Terma jamoa navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi FOTO Yangiliklar

Terma jamoa navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi FOTO

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zining navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.
Xabaringiz bor, kecha “Paxtakor” stadionida Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan tarkib Iordaniya bilan bahs olib borib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Endi 8 sentyabr kuni milliy terma jamoamiz o'z tarixida ilk bora Yangi Zelandiya termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. SHu munosabat bilan yig'inga chaqirilgan futbolchilar Toshkentda mashg'ulot olib borishmoqda.



“Jar” stadionida o'tkazilgan bir yarim soatlik mashg'ulot odatdagidek engil chigalyozdi mashqlar bilan boshlandi va bu mashqlarni terma jamoamiz murabbiylari SHuhrat Maqsudov bilan Baxtiyor Ashurmatov o'tkazishdi. Aytgancha, mashg'ulot boshlanmasidan oldin bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Temur Kapadzeni jamoadoshlari va murabbiylar shtabi tabriklashdi. Mashg'ulotning asosiy qismini esa bosh murabbiy Mirjalol Qosimov olib bordi. Bunda etibor o'yin paytida futbolchilarning bir-birlarini tushunib harakat qilishga qaratildi.



Mashg'ulotda “Paxtakor”ning etti nafar futbolchisidan tashqari hamma ishtirok etdi. Xabaringiz bor, “Paxtakor” 7 sentyabr kuni Olmaliqda oliy liganing tur uchrashuvini o'tkazadi, shu bois o'zaro kelishuvga ko'ra Qosimov bu klub futbolchilariga javob berib yubordi. Kecha Iordaniyaga qarshi maydonga tushgan futbolchilardan Sardor Rashidov, Islom To'xtaxo'jaev va darvozabon Eldor Suyunov bugungi mashg'ulotning asosiy qismida ishtirok etishmadi. Ular faqat tiklanish mashqlarini bajarishdi. SHuningdek, Jasur Hasanov ham tiklanish mashqlarini bajardi.

Qolgan barcha futbolchilar esa mashg'ulotda to'liq ishtirok etishdi: legionerlar ham, o'zimizning olyi ligada to'p tepayotgan futbolchilar ham. Mashg'ulot paytida o'yinchilar ikki tarkibga bo'lingan holda futbol o'ynashdi va bunda hisob ochilmadi.



“Qizillar”: Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, SHavkat Mullajonov, SHuhrat Muhammadiev, Temur Kapadze, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov, Server Jeparov, Farhod Tojiev.

“Sariqlar”: Nikita Ribkin, Azamat Isroilov, SHerzod Fayziev, Bobur Yo'ldoshev, Salim Mustafoev, Dilshod Jo'raev, Fozil Musaev, Farrux Sayfiev, Vohid SHodiev, Navro'z Olimov, SHahzod Nurmatov.

Mashg'ulotlar ertaga va indin ham davom ettiriladi. Dushanba kuni esa Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin “Paxtakor” stadionida soat 19:00da boshlanadi.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика