So’nggi yangiliklar

12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   3 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  8 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  23 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21

Terma jamoa gvardiyachilari #11. Odil Ahmedov Yangiliklar

Terma jamoa gvardiyachilari #11. Odil Ahmedov

Haftaning har juma kuni o'quvchilarimizga O'zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar haqida malumot berib borishda davom etamiz.
Bugun O'zbekiston terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha 11-o'rinda turgan yarim himoyachi Odil Ahmedov haqida malumot beramiz. Ayni paytda “Anji” klubida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz 57 marta milliy terma jamoa safida maydonga tushgan.

Ahmedov 57 uchrashuvning 46tasida to'liq o'ynagan. 9 bor asosiy tarkibda maydonga tushib uchrashuv davomida almashtirilgan. Qolgan 2ta bahsda murabbiy tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan. Odil Ahmedov milliy terma jamoa safida jami 4807 daqiqa harakat qilgan.

Ilk o'yini, goli va sariq kartochkasi
Ahmedov terma jamoadagi o'z debyutini 2007 yilning 13 oktyabrida Xitoy Taypeiga qarshi JCH-2010 saralashida o'tkazgan. Uni terma jamoaga Rauf Inileev jalb etgan. O'sha kuni yarim himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushgan va 90 daqiqa o'ynagan. MHSK stadionida bo'lib o'tgan bahsda vakillarimiz 9:0 hisobida zafar quchishgan.

U terma jamoa safidagi 57 uchrashuvda 4 marta ogohlantirish olgan. Ahmedov o'zining ilk sariq kartochkasini 2008 yilda JCH-2010 saralashida Livanga qarshi o'yinda olgan.

Odil Ahmedov O'zbekiston terma jamoasi safida 4ta gol urgan. Birinchi golini aynan yuqoridagi Livan bilan bahsda urgan.


Odil Ahmedov Xitoy Taypeiga qarshi o'yinda terma jamoadagi debyutini nishonlagan


Ishtirok etgan musobaqalari
Qahramonimiz Osiyo Kubogi-2011 saralashi va final bosqichida ishtirok etgan. Bundan tashqari Ahmedov JCH-2010 va 2014 saralashlarida ham maydonga tushgan. Yaqinda terma jamoamiz bilan birga Osiyo Kubogi-2015ga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Qatardagi Osiyo Kubogida Ahmedov barcha olti o'yinda to'liq o'ynagandi. Guruh bosqichidan o'rin olgan Qatar va Xitoy bilan uchrashuvlarda raqib darvozasiga to'p kiritgan.


Odil Ahmedov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida. Janubiy Koreyaga qarshi o'yindan oldin.
 

Raqib terma jamoalar
U futbolchi sifatida 25ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko'p Iordaniyaga qarshi o'ynagan – 5 marta. Bahrayn, Qatar, Livan va BAAga qarshi 4ta o'yin o'tkazgan.


Ahmedov Qatarga qarshi (4:0) o'yinda raqib darvozasiga zarba bermoqda.

Sariq va qizil kartochkalar
Yuqorida aytib o'tganimizdek Ahmedov terma jamoa safida to'rt bor sariq kartochka bilan “siylangan”. Futbolchi Bahrayn, Bosniya va Gercegovina, Livan va Tojikistonga qarshi o'yinlarda ogohlantirilgan. Odil 2009 yil Eronga qarshi bahsda terma jamoadagi birinchi va yagona qizil kartochkasi olgan. Qizig'i o'sha uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqarib borgandi.


Odil Ahmedov termadagi yagona qizil kartochkasini olgan Eronga qarshi o'yinda.

Yillar
Ahmedov 2007 yildan buyon terma jamoada o'ynab kelmoqda. U 2008 va 2011 yillarda eng ko'p uchrashuv o'tkazgan – 13tadan.

Odil Ahmedov terma jamoadagi oxirgi uchrashuvini 2014 yil 5 mart kuni BAAga qarshi o'tkazdi. OK-2015 saralashidagi o'yinda durang qayd etilgandi 1:1. Ahmedov hali bir necha yillar davomida terma jamoamiz sharafini himoya qiladi.


Yarim himoyachi Yaponiyaga qarshi bahsda.

Odil Ahmedovning yubiley o'yinlari

#

Raqib

O'yin maqomi

Hisob

Sana

Daqiqasi

1

Xitoy Taypei

JCH-2010 saralashi

9:0

13.10.2007

90

10

Ummon

O'rtoqlik uchrashuvi

0:2

20.08.2008

90

20

Avstraliya

JCH-2010 saralashi

0:2

01.04.2009

90

30

Bahrayn

O'rtoqlik uchrashuvi

4:2

12.10.2010

90

40

Tojikiston

JCH-2014 saralashi

1:0

02.09.2011

90

50

Xitoy

O'rtoqlik uchrashuvi

2:1

06.06.2013

84

57

BAA

OK-2015 saralashi

1:1

05.03.2014

90


Keyingi juma kuni Aziz Haydarov haqida malumot beramiz.
 
Terma jamoa gvardiyachilari
#1. Temur Kapadze
#2. Server Jeparov
#3. Aleksandr Geynrix
#4. Ignatiy Nesterov
#5. Mirjalol Qosimov
#6. Andrey Fedorov
#7. Nikolay SHirshov
#8. Asror Aliqulov
#9. Maksim SHackix
#10. Viktor Karpenko

Narzulla Saydullaev tayyorladi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика