Ter SHtegen "Barsa"da qoladi
05 avg 2020 22:25
Yangiliklar
Ter SHtegen "Barsa"da qoladi
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen klub bilan hamkorlik bitimini uzaytirishga rozi bo'ldi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabricio Romano.
28 yoshli germaniyalik posbon 2025 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekadi.
Avvalroq klub rahbariyati darvozabonning maoshi borasida kelishuvga erisholmayotgani, ter SHtegenga "CHelsi" va "Bavariya"dan takliflar tushgani muzokaralar jarayonini yanada murakkablashtirib yuborgani to'g'risida xabar qilingan edi. Ammo muzokaralar yakunida kelishuvga erishilgan.
Malumot uchun, La Liganing o'tgan mavsumida 36 o'yinda maydonga tushgan 28 yoshli golkiper 12 bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди
ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни мағлубиятга учратди
"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"
Fikrlar