Ten Xag "Manchester Yunayted" muxlislariga ochiq xat yozdi
27 fev 2023 21:14
Yangiliklar
Ten Xag "Manchester Yunayted" muxlislariga ochiq xat yozdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Liga kubogini qo'lga kiritganidan so'ng jamoa muxlislariga ochiq xat yozdi.
Maktubda ten Xag muxlislarga jamoa bilan birdamligi ijobiy tasir ko'rsatganini qayd etib, qo'llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan. Niderlandiyalik murabbiy futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan faxrlanishini ham aytib o'tgan.
Ten Xag, shuningdek, "Manchester Yunayted" bu sovrin bilan to'xtab qolmasligini takidlagan.
"Biz buyuk klub tarixi uchun sovrinlar muhimligini bilamiz. Kubokni “Old Trafford”ga qaytarganimizdan juda xursandmiz. Lekin bundan qoniqish hosil qilmaymiz va to'xtab qolmaymiz", - deb yozgan ten Xag.
Eslatib o'tamiz, Liga kubogi finalida "Manchester Yunayted" "Nyukasl"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar