Ten Xag: "Bunday bo'lishini kutmagandim"
20 okt 2022 08:13
Yangiliklar
Ten Xag: "Bunday bo'lishini kutmagandim"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Tottenxem"ga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bizda "Liverpul" va "Arsenal"ga qarshi ham yaxshi o'yin bo'lgandi. Ammo bugun jamoaning o'sgani ko'rindi. So'nggi haftada biz qo'shdik va to'p bilan, to'psiz faol harakat qila boshladik.
To'g'risini aytsam, o'yin bunday bo'lishini kutmagandim. CHunki "shporlar" ushbu mavsumda juda yaxshi o'ynashmoqda. Ularning har bir o'yini ajoyib chiqayotgandi.
G'alaba qozonish uchun haqiqatdan ham yaxshi o'ynashimiz kerakligi haqida o'ylagandim, aynan shuni amalga oshira oldik. Biz ajoyib o'ynadik. Umid qilamanki, boshqa o'yinlarda ham mana shunday harakat qilish bo'yicha tamal toshini qo'ydik", - dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar