So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Temurxo'ja Abduxoliqov: "To'purar bo'lishni istayman, ammo birinchi navbatda jamoamning yutug'i muhim" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "To'purar bo'lishni istayman, ammo birinchi navbatda jamoamning yutug'i muhim"

Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Neftchi" (4:0) uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqovning fikrlari bilan qiziqdik.


- Uchrashuv birinchi golga qadar qiyin bo'ldi. Gol urib olganimizdan so'ng raqib oldinga o'tishni boshladi va tabiiyki biz uchun raqib jarima maydonchasi oldida bo'sh hududlar paydo bo'ldi. Agarda birinchi bo'limda gol urmaganimizda bizga yanada qiyin bo'lardi deb o'ylayman. Jamoamiz uchun bu bahs juda yaxshi ruhda kechdi va OCHL doirasidagi "Sepaxon"ga qarshi bellashuv oldidan bu g'alaba biz uchun ayni muddao bo'ldi. Bu o'yin "Sepaxon" bilan bo'ladigan jiddiy uchrashuv oldidan o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. CHiroyli g'alaba taqdim etgan xush kayfiyat bizga kelgusi o'yinda juda qo'l kelishi mumkin. To'g'ri, jamoamiz chiroyli o'ynadi va yirik hisobda g'alaba qozondi. Ammo o'yin kamchiliklarsiz bo'lmaydi. Har bitta uchrashuvda baribir o'ziga yarasha xatolar va kamchiliklar kuzatiladi. Biz bular ustida ish olib boramiz. O'ylashimcha, ikkinchi goldan so'ng jamoamiz biroz o'yinni raqibga topshirib qo'ygandek bo'ldi. Xotirjamlik natijasida biroz bo'shashdik. Endi "Sepaxon" bilan bo'ladigan bahsda jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. To'purarlik? Har mavsum oldidan hujumchi to'purar bo'lishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Jumladan men ham. Ko'p narsa esa omadga bog'liq. Bazi paytlarda gol urishda omad ochiqchasiga yuz ugirishi mumkin. Balki aksincha, oson bo'lmagan vaziyatda gol urishni uddalaysan. Men bu mavsumda yaxshi niyat qilmoqdaman va to'purar bo'lishga harakat qilaman. Nafaqat to'purarlik, balki jamoaviy yutuq men uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi jamoamiz chempionlikni qo'lga kiritsa etardi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика