Temurxo'ja Abduxoliqov: "Mag'lubiyatga men sababchi bo'ldim"
03 may 11:03
Yangiliklar
Temurxo'ja Abduxoliqov: "Mag'lubiyatga men sababchi bo'ldim"
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Qo'qon-1912" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mag'lubiyatga men sababchi bo'ldim. Hakamga jilovni berib qo'ydik, sabab shu. Biz g'alaba uchun o'ynadik, "Qo'qon-1912" durangni maqsad qilgandi, vaqt cho'zgan vaziyatlarni ham ko'rdik. Baxtsiz tasodif va omadsizlik tufayli mag'lubiyatga uchradik. O'yin taraflama esa biz g'alaba qozondik. Har doim ham ustunlikka ega jamoa g'alaba qozonavermaydi. Biz hech narsa yo'qotmadik. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Biz maydonda borimizni berdik, asosiysi shu", dedi 33 yoshli futbolchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar