So’nggi yangiliklar

13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  2 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  11 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  7 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   22 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  17 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4

Temurxo'ja Abduholiqov: "Turkiyaga qarshi o'yin biz uchun ham juda qiziq" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduholiqov: "Turkiyaga qarshi o'yin biz uchun ham juda qiziq"

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Temurxo'ja Abduholiqov Turkiyaga qarshi bo'lib o'tadigan bahs haqida fikr bildirdi.

- Terma jamoaga chaqiruvni ko'p kutib qoldingizmi?

- Oxirgi marta Xitoydagi turnir uchun terma jamoaga chaqirildim. Kutib qoldim deb o'ylamayman. Turkiyaga qarshi bahsga tayyorman.


- O'tgan mavsum asosan zaxiradan maydonga tushdingiz, joriy mavsum esa "Lokomotiv"ning asosiy forvardisiz va deyarli har uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo'lyapsiz...

- Avvalgi mavsum Bikmaev bilan birga o'ynadim. Superligaga mavsum o'rtasida kelganim tufayli jamoa va ligaga ko'nikishga vaqt kerak bo'ldi. Bu yil "Lokomotiv" safida o'zgarishlar bo'ldi, buning ustiga kadrlar borasida variantlar kam. Hammamiz jipslashib, ahil jamoadek to'p tepishimiz lozim.


- Mashg'ulotda yaxshi ishtirok etdingiz, vaziyatlardan unumli foydalandingiz...

- Bu mashg'ulot. Mashg'ulotda 10talab gol urishingiz mumkin. Asosiysi o'yinda gol urish.


- Turkiya Evropa qitasining jamoasi, futbolchilari ham kuchli...

- Turkiyaga qarshi uchrashuv biz uchun ham qiziq. Bu uchrashuv orqali jamoa va futbolchilarning saviyasini bilib olamiz.


- Turk muxlislari oldida o'ynash qiyin.

- Ko'ramiz. Bilamiz, turkiyalik muxlislar juda yaxshi atmosfera yaratishadi. Raqib jamoa ishqibozlari bo'lsada, stadion to'lib turishi futbolchilar uchun yoqimli holat.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика