So’nggi yangiliklar

20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  96 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  2 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  14 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  9 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  8 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  16 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  6 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  1 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  12 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   255 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  13 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  22 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3

Temur Turdiev: “Buxoro”da hozircha ko'rikdan o'tyapman” Yangiliklar

Temur Turdiev: “Buxoro”da hozircha ko'rikdan o'tyapman”

O'tgan mavsum Toshkentning “Oq-tepa” jamoasida o'ynagan Temur Turdiev ayni damda “Buxoro” yig'inida ishtirok etmoqda. Bu bejiz emas albatta.
Boisi qoraqalpog'istonlik himoyachi o'tgan yili Aleksandr Mochinov bilan birga ishlagandi. “Buxoro”ning yangi ustozi Turdievni ham mashg'ulotlarga chaqirgan.

- O'zingizga yaxshi malum, o'tgan mavsum Aleksandr Mochinov bilan “Oq-tepa”da qisqa fursat ishlaganmiz. Imkoniyatlarimni yaxshi bilgani uchun ham Aleksandr Vladimirovich meni yangi jamoasiga taklif etdi. Lekin bu joriy yilni “Buxoro”da o'tkazaman degani emas. CHunki hozircha ko'rikdan o'tyapman. 5 yanvardan boshlangan yig'inda ishtirok etdim. Ikkinchi yig'in poyoniga etdi. Endi 19 yanvardan Toshkentda yig'ilamiz.

- Ochig'ini aytsam, “Buxoro” menga yoqdi. SHaroitlar ham ko'ngildagidek. Hozircha asosan yoshlar va o'tgan mavsum jamoada o'ynagan ayrim etakchi o'yinchilar qolgan. Menimcha murabbiylar shtabi selekciya jarayonini poytaxtda davom ettiradi va tarkibni yanada kuchaytirishi aniq.

- Mochinov aqlli murabbiy. U ko'proq pas orqali, kombinacion o'yin tashkil etishni xush ko'radi. Aleksandr Vladimirovich bilan ishlash menga yoqadi. SHuning uchun o'zimni ijobiy tomonda ko'rsatib, “Buxoro”da qolmoqchiman - deydi Temur Turdiev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика