So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  0 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Temur Kapadzening faoliyatiga nazar Yangiliklar

Temur Kapadzening faoliyatiga nazar

Temur Kapadze professional faoliyatini 1998 yil Farg'onaning "Neftchi" klubida hujumchi sifatida boshlagan.

2001 yil Farg'ona klubi safida chempion bo'lgach unga Toshkentning "Paxtakor" klubi etibor qaratgan. 2002-2007 yillarda Kapadze "sherlar" sharafini himoya qilgan. 2008 yil yarim himoyachi Toshkentning boshqa bir klubi "Bunyodkor"ga ko'chib o'tgan. 2011 yilga qadar aynan shu klubda o'ynagan. Temur 2001 yildan 2011 yilga qadar ketma-ket 10 yil davomida O'zbekiston chempioni bo'lgan, 8 karra O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan. "Paxtakor" va "Bunyodkor" safida 4 bor Osiyo chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borgan.

2011 yil yanvar oyida Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etib Janubiy Koreyaning "Incheon Yunayted" klubiga o'tgan. Koreyadagi bir yillik faoliyatdan so'ng yarim yil BAAning "SHarja" klubi sharafini himoya qilgan. 2012 yil yozida u Qozog'istonning "Aktobe" klubidan qo'nim topgan va ikki yil davomida Qozog'iston chempioni, Qozog'iston vice chempioni, Qozog'iston chempionati bronza medali va Qozog'iston Superkubogi sohibiga aylangan. 2013 yil Qozog'iston premer ligasining eng yaxshi legioneri deb tan olingan. 2015 yil boshida tajribali futbolchi "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma tuzdi va mart oyida O'zbekiston Superkubogi sohibi bo'ldi.

Temur Kapadze O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 2002 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Hozirga qadar futbolchi 119 ta o'yin o'tkazib bu borada terma jamoamizning mutloq rekordchisi bo'lib turibdi. Yarim himoyachining xayrlashuv o'yini Toshkentda o'tkazilishi haqida xabarlar chiqqandi. Ammo hozirga qadar bu narsa amalga oshgani yo'q.

Bugun Temur Kapadze 34 yoshga qadam qo'ydi, biz saytimizning barcha o'quvchilari va muxlislari nomidan futbolchini tabriklab qolamiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика