So’nggi yangiliklar

14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  1 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  3 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  5 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  3 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  4 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  4 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  6

Temur Kapadze: Muddatidan avval chempion bo'lmoqchimiz Yangiliklar

Temur Kapadze: Muddatidan avval chempion bo'lmoqchimiz

CHempionat yakunlanishiga hali 7ta tur bor: karvonboshi va taqibchilar orasidagi farq esa 7 ochko.

Lokomotivning chempionlik maqomini himoya qilishi deyarli oydinlashib qolgandek. Lekin Nasaf, Bunyodkor va Paxtakor jamoalari kurashni oxirigacha davom ettirishi aniq. 

Negaki, bundan 2-3 tur oldin qarshiliklar ham, SHota Arveladze boshchiligidagi sherlar ham birin-ketin Mirko Yelichich shogirdlari ustidan g'alaba qozonib, oltin masalasini yana asosiy mavzuga aylantirishgandi.

SHunday ekan, muxlislarda oliy ligamizga nisbatan qiziqish so'nggi turlargacha saqlanib qolsa kerak. Biz amaldagi chempionning Olmaliqqa qarshi o'yinidan so'ng temiryo'lchilar sardori Temur Kapadzedan shu mavzuda intervyu oldik.


- Temur, Lokomotiv kutilmaganda ketma-ket 2ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Boz ustiga, chempionlikka davogar klublardan. O'rtadagi ochkolar farqi hamon katta bo'lsada, muhim bahslarda ochko yo'qotish yakunda jamoani mushkul vaziyatga solib qo'yishi mumkin...

- Ha, 2ta o'yinda qimmatli 6 ochkoni yaqin taqibchilarimizga tortiq etdik. Eng yomoni, bizni izma-iz quvib kelayotgan raqiblarga imkoniyatni boy berdik. SHaxsiy fikrim, har ikki uchrashuvda jamoamizdan shunchaki, omad yuz o'girdi. Yigitlar maydonda yaxshi harakat qilishdi. Lekin futbolda shunday alamli mag'lubiyatlar ham uchraydi. Muhimi, hozir 7 ochkolik farqni saqlab turibmiz. Lekin bu xotirjamlikka berilishimizga asos bo'lolmaydi. Keyingi o'yinlarda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz, zero, chempionlikni muddatidan avval qo'lga kiritmoqchimiz.

- Mag'lubiyatlarni faqat omadsizlik bilan bog'lash to'g'rimikan?

- Yo'q, albatta. Faqat omadga yo'yish bahonaga o'xshab qoladi. Qaerdadir xatolarga yo'l qo'ydikki, buni ham tan olish kerak. Ayniqsa, Nasafga qarshi kechgan bahsda kamchiliklar yaqqol ko'zga tashlandi. Deylik, uchrashuv boshidayoq himoyachimiz yo'q joydan darvozamizga penalti belgilanishiga sababchi bo'ldi.  Ana o'sha 11 metrli jarima zarbasi o'yin taqdirini deyarli hal qildi. Hisobda oldinga chiqib olgan Nasaf futbolchilari himoyaga o'tib, qarshi hujumda bizni rosa qiynashdi. Paxtakorga kelsak, bilasiz, bunday uchrashuvlarda qaysi jamoa birinchi golni urib olsa, uning g'alaba qozonish ehtimoli ancha oshadi. Bu tushuncha yana bir bora isbotini topdi. Lekin umumiy statistikaga etibor qaratsak, bizda imkoniyatlar ko'proq bo'ldi. Afsuski, ulardan foydalanolmadik.


- Ikki mag'lubiyatdan so'ng futbolchilar tushkun holatdan to'liq chiqib ketishdimi?

- Jamoada hech qanday tushkunlik yo'q. Olmaliqni engib, buni amalda isbotladik.

- Aslida Kumikov shogirdlari o'z maydonlarida hattoki, favoritlarga ham etarlicha tashvish tug'dirishga odatlanishgan. Xo'sh, ularni nimaning evaziga dog'da qoldirdinglar?

- Ha, Olmaliq juda yaxshi shakllangan jamoa. O'ziga xos uslubi bor. Asosan standart vaziyatlarga etibor qaratadi. SHu kuni ham olmaliqliklar aynan standartlarda bizga bosim o'tkazishdi. Murabbiylarimiz o'yin oldidan raqibning shu jihatiga etibor qaratishimiz zarurligini uqtirishgandi. Ko'rsatmalarga amal qilib, mezbonlarga aytarli imkoniyat bermadik. SHuning barobarida chempionatdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini namoyish etdik.

- Lokomotiv legionerlari ishonchni nechog'li oqlashyapti?

- Keling, shu savolingizni javobsiz qoldiray...

- Unda chempionatimizda to'p surayotgan legionerlar haqida umumiy fikr bildirsangiz: kimlarni alohida tilga olasiz?

- Menimcha, Nasaf va Paxtakor legionerlarini eng yaxshilar qatorida ko'rsatish mumkin. CHempionatimizga kamida shunday, ulardan ham kuchliroq legionerlarni taklif etish kerak. SHunda futbolimizda o'sish kuzatiladi. Yani chempionat o'yinlariga qiziqish ortadi, stadionlarimiz muxlislar bilan to'ladi. 

- O'FFda katta o'zgarishlar yuz berdi va bu jarayon davom etmoqda. Ushbu o'zgarishlarga munosabatingiz qanday?

- Jarayonni kuzatib boryapman. Futbolimizda yangi davr boshlanyapti. Mana, terma jamoaga xorijdan mutaxassis izlashyapti. Buni to'liq qo'llab-quvvatlayman.  


- Agar sizga shunday imkoniyat berilsa, terma jamoa boshqaruviga kimni olib kelardingiz?

- Dabdurustdan bir narsa deyish qiyin. Lekin bizga o'z ishining haqiqiy ustasi kerak. Bunday murabbiylar ko'p. Endi hammasi muzokaralarga bog'liq.

- Aksariyat futbolchilar faoliyatlarini tugatishdan oldin quyi liga yoki elitaning o'rtamiyona jamoalarida o'ynashadi. Sanoqli futbolchilargina barchasiga yuqori notada nuqta qo'yishadi. Siz qaysi yo'lni tanlaysiz?

- Ikkinchi variant maqul. Futbol bilan yuqori saviyada xayrlashmoqchiman. Hozir 36 yoshdaman va hamon yaxshi jamoada o'ynayotganimdan xursandman. Faoliyatimni o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoada yakunlash niyatidaman.

- Demak, joriy mavsum siz uchun oxirgisi emas, shundaymi?

- Vaqt ko'rsatadi. Kuchim bor ekan, o'ynashda davom etaman. Bordiyu, o'yinimda pasayish kuzatilsa, darhol chetga chiqaman.


Kamoliddin Alimov suhbatlashdi

 "Interfutbol" gazetasi

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика