Tchuameni "El Klasiko" haqida: "Barsa"ni yanchib tashladik"
29 okt 2022 00:20
Yangiliklar
"Real Madrid" futbolchisi Orelen Tchuameni "El Klasiko" "Barselona"ni yanchib tashlangani haqida gapirdi.
Camino TV ga intervyu berayotgan Tchuamenidan Jyul Kunde bilan Franciya terma jamoasida birga o'ynashi haqida so'rashdi.
"Jyul hozir "Barselona"da o'ynamoqda, sen esa "Real"da. Oxirgi o'yinda sen unga qarshi yaxshi harakat qildingmi?", -deya savol berdi jurnalist.
"Ha, biz "Barsa"ni yanchib tashladik", -deya javob qaytardi Orelen Tchuameni.
"Men hozirgina shuni aytmoqchi edim. Orelen mendan oldin aytib qo'ydi", -deya kuladi Eduardo Kamavinga.
Eslatib o'tamiz, 16 oktyabr kuni o'tkazilgan "El Klasiko"da "Real" "Barsa"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar