So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Tarixiy g'alaba qo'lga kiritilgan, "oq bo'rilar"ning ovi baroridan kelgan O'zbekiston - BAA uchrashuvidan 10 ta fakt Yangiliklar

Tarixiy g'alaba qo'lga kiritilgan, "oq bo'rilar"ning ovi baroridan kelgan O'zbekiston - BAA uchrashuvidan 10 ta fakt

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha JCH-2026 saralash bosqichi doirasida BAA bilan kuch sinashdi.

 Qiziqarli kechgan o'yinda mezbonlar 1:0 natijasida zafar quchdi. Quyida mazkur qarama-qarshilikdan bir nechta faktlarni etiboringizga havola qilamiz. 

Uzbekistan

Otabek Shukurov - 76'

World Cup Qualification AFC 3rd Round Grp. A . 4-tur

15/10/2024, 20:00

0
:
1
Tugadi

UAE

Stadion: 32773 tomoshabin

45'
90'
60'  Azizbek Turgunbaev (Khoziakbar Alidzhanov)
70'  Abdulla Abdullaev (Bobur Abdikhalikov)
76'  Otabek Shukurov
90'  Abbosbek Fayzullayev (Khozhimat Erkinov)
90'  Sherzod Nasrulloev
65'  Abdulla Hamad
70'  Tahnoon Al Zaabi (Isam Faiz)
70'  Caio (Bruno)
83'  Abdulla Idrees (Ali Saleh)
83'  Marcus Meloni (Mackenzie Hunt)
90'  Ali Saleh

1. O'zbekiston o'z tarixida ilk bor Toshkentda BAA terma jamoasidan ustun keldi. Bunga qadar kechgan 4 ta uchrashuvning 3 tasida raqiblar g'alaba qozongan bo'lsa, 1 ta o'yinda durang qayd etilgan. 

2. "Oq bo'rilar"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 17 ta uchrashuvga etdi. Vakillarimiz so'nggi bor 2023 yilning 10 sentyabr kuni safarda AQSHga mag'lubiyatga uchragandi. 

3. Otabek SHukurov o'zaro uchrashuvlarda BAA darvozasiga gol urgan 14-futbolchi bo'ldi. O'zaro o'yinlardagi to'purarlarimiz bilan tanishing. 

Igor Sergeev 3

Nikolay SHirshov 2

Server Jeparov 2

Timur Kapadze 1

Navro'zbek Alimov 1

SHoxruh Gadoev 1

Maksim SHackix 1

Ravshan Bazarov 1

Farhod Tojiev 1

Sanjar Tursunov 1

SHuhrat Maqsudov 1

No'mon Hasanov 1

Viktor Karpenko 1

Bobir Abdixoliqov 1

5. BAA terma jamoasi 10 yildan so'ng Toshkentga keldi. Jamoalar so'nggi bor 2014 yil "Bunyodkor" stadionida to'qnash kelishgan va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgan. 

6. Otabek SHukurov terma jamoa libosidagi 73-uchrashuvida 8-golini urdi.

7. O'zbekiston 10 yildan so'ng BAA bilan o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. So'nggi bor 2014 yil o'rtoqlik uchrashuvida terma jamoamiz raqibni 4:0 hisobida enggandi. 


8. BAA terma jamoasi JCH-2026 saralashida mehmondagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Amirliklar safardagi 4 ta o'yinning barchasida 3 ochko qo'lga kiritgan edi. 

9. "Oq bo'rilar" Osiyo kubogidan so'ng ilk bor raqib darvozasiga penaltidan gol urdi. 

10. O'zbekiston Toshkentdagi ketma-ket 3 ta o'yinda darvozasidan gol o'tkazmadi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика