So’nggi yangiliklar

07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  0 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  6

Tanaffus tugadi: "Yuventus" - "Inter" va A Seriya 31-tur o'yinlari haqida Yangiliklar

Tanaffus tugadi: "Yuventus" - "Inter" va A Seriya 31-tur o'yinlari haqida

Terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng, klublar futboli yana qaytmoqda.

A Seriyaning navbatdagi turi ham qiziq bellashuvlarga boy bo'lishi kutilmoqda. "Yuventus" - "Inter", "Atalanta" - "Napoli" va albatta SHomurodov harakat qilayotgan "Roma" ishtirokidagi o'yinlar o'zbekistonlik ishqibozlarning ham etiborini tortishi turgan gap. 


"Yuventus" - "Inter"

Turinliklar yarim himoyachisi Makkeni hamon davolanish bilan ovvora. Pellegrini esa sariq kartochkalari soni sababli o'yinni o'tkazib yuboradi. Biroq Lokatelli va Bonuchchi safga qaytdi, lekin o'yinni asosiy tarkibda boshlashlari aniq emas. Hujumda yana Vlaxovich va Morata juftligini ko'rsak kerak, klubni tark etishi kutilayotgan Paulo Dibala esa zaxirada qoldiriladi. "Inter"dagilar Lautaro va Brozovich sport formasini tiklab ulgurishi va o'yinni asosiy tarkibda boshlashidan umidvor. De Vreyning taqdiri esa o'yin kuni hal bo'ladi.

A Seriya doirasidagi avvalgi uchrashuvda 1-1 hisobi qayd etilgan. Qizig'i, bukmekerlarning fikriga ko'ra, bahs Turinda o'tsa ham favorit "Inter" ekan. Biroq fikrimizcha, "Yuventus" o'z uyida, qo'shimchasiga musobaqa jadvalidagi hozirgi holatida ko'proq tavakkal qiladi va durangga rozi bo'lmaydi. "Inter" esa mabodo durang natija qayd etilsa, unchalik xafa bo'lmasligi haqiqatga yaqinroq.


"Lacio" - "Sassuolo"

Pedroning yo'qligi rimliklar uchun jiddiy yo'qotish. SHuningdek Radu va Luis Felipening ham maydonga tusha olishi so'roq ostida. Bunday vaziyatda Mauricio Sarri raqobatbardosh himoya chizig'ini qura olishi anchayin mushkul vazifa. Himoyadagi muammolarni qisman bo'lsada yopish uchun Patrik jangga tashlanadi, hujumda esa Pedroni Cakkanya alishtiradi. "Sassuolo"da ham himoya bilan muammolar mavjud. Diskvalifikaciya muddati o'tib, Raspadori safga qaytmoqda va u asosiy tarkibda bo'lishi deyarli aniq.

O'tgan safar "Sassuolo" o'z maydonida 2-1 hisobida g'alaba qozongandi. Bu safar ham "Lacio" bukmekerlarning fikriga ko'ra favorit. Derbida ko'rsatilgan o'yindan keyin Sarri shogirdlari muxlislarini xursand qilish uchun ikki barobar kuch bilan harakat qilishlari aniq. Biroq "Sassuolo"ni oson raqib deb bo'lmaydi va xulosa chiqarishga shoshilmaslik zarur.


"Atalanta" - "Napoli"

Jan Pero Gasperinining kayfiyati joyida bo'lsa ajabmas. Sababi Zappakosta diskvalifikaciyadan qaytmoqda, Ruslan Malinovskiy va Aleksey Miranchuk jarohatidan forig' bo'lib, safga qaytdi. Duvan Sapata esa hamon lazaretda, shuning uchun hujumning oldingi chizig'iga Jeremi Boga yo'l oladi. Luchano Spalletti esa muammolardan qutilgani yo'q. Di Lorenco hali jarohatidan qutilganicha yo'q, qo'shimchasiga Zelinski terma jamoada jarohat oldi. Petanya va Una ham shunday sabab bilan o'yinni chetdan kuzatishadi. Himoya chizig'ida Zanolini ko'rishimiz ehtimoli yuqori, markazda esa - Lobotka.

Neapolda jamoalar hujumkor, yorqin futbol namoyish etishgan va 3-2 hisobida "Atalanta" g'alaba qozongandi. "Bergamasklar" hozir ham yaxshi natijalar qayd etmoqda va ushbu juftlikda mezbon faktori evaziga ham favorit sifatida qaralmoqda. Biroq neapolliklar titul uchun kurash olib borayotgan klubligini unutib qo'ymaslik zarur. Nazarimizda, ushbu bahsda gollar ko'p bo'ladi.


"Sampdoriya" - "Roma"

Katta ehtimol bilan Ekdal bu bellashuvda "Sampdoriya"ga yordam bera olmaydi. Bu esa Rinkonga asosiy tarkib "eshiklarini" ochadi. Gabbyadini hamon jarohatlanganlar qatorida, Sabiri Sensi bilan birgalikda Kaputodan orqaroqda, markazdan joy oladi. Joze Mourino esa derbidagi g'alabadan keyin yaxshi kayfiyatda va muhimi yo'qotishlarsiz ushbu bahsga etib kelyapti. Tarkib derbidagi bilan solishtirganda jiddiy o'zgarmasa kerak. Faqatgina Zanolo hujumchi ortiga tushishi mumkin.

So'nggi bor ushbu jamoalar to'qnashuvida 1-1 hisobi qayd etilgan. Bo'lakak bellashuv Genueda bo'lsada, "Roma" favorit hisoblanmoqda. "Jalorossi" so'nggi vaqtlarda o'yinini chindan yaxshi tomonga o'zgartira oldi. Mezbonlar esa bunday holat bilan maqtana olmaydi. SHu sababli ham Paolo Zanetti shogirdlariga oson bo'lmaydi.


"Milan" - "Bolonya"

Barcha futbolchilar Pioli ixtiyorida va jangga shay holatda turishibdi. Faqatgina Zlatanning holati so'roq ostida, ammo u katta ehtimol zaxiradan o'yinni kuchaytirish "quroli" sifatida ko'rilmoqda. Hozirda Leao-Jiru juftligini ajratish unchalik ham aqlli qaror bo'lmaydi. "Bolonya"da esa bosh murabbiy Sinisha Mixaylovichning salomatligi bilan bog'liq muammo sabab bahsni o'tkazib yuborishi mumkin. SHuningdek, Sansone va Bonifaci jarohat sabab jamoaga yordam bera olishmaydi. Hujumda bor umid yana Marko Arnautovichning bir o'zidan.


Jamoalarning oxirgi to'qnashuvida "Milan" safarda 4-2 hisobida zafar quchgan. Bu safargi bellashuvdan avval ham favorit aynan milanliklar. Mezbon faktori va raqibning holati ham bunga turtki bo'lmoqda. "Bolonya" bugungi holatida nomdor raqibga jiddiy muammo tug'dirishi mushkul vazifa.


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика