So’nggi yangiliklar

07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   0 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  3 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  1 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  18 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  29 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  3 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  23 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  128 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6

RPL. "Rostov" yangi mavsumni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

RPL. "Rostov" yangi mavsumni g'alaba bilan boshladi

Teglar :  RostovTambov
"Tambov" hamda "Rostov" o'rtasidagi RPL yangi mavsumining 1-tur uchrashuvi voqealarini ushbu sahifada kuzatib boring.

FC Tambov

Premier League . 1-tur

08/08/2020, 21:30

1
:
0
Tugadi

FC Rostov

Pavel Mamaev - 21'

Stadion: Mordovia Arena

45'
90'
38'  Guram Tetrashvili
54'  Vitaliy Balashov (Vladimir Obukhov)
68'  Guram Tetrashvili (Vladimir Kabakhidze)
68'  Aleksandr Karapetyan (Kirill Panchenko)
73'  Mikhail Kostyukov
77'  Mikhail Kostyukov (Pavel Karasyov)
77'  Anton Kilin (Evgeniy Shlyakov)
3'  Ivelin Popov
21'  Pavel Mamaev
34'  Baktiyor Zaynutdinov
71'  Ivelin Popov (Roman Eremenko)
71'  Baktiyor Zaynutdinov (Khoren Bayramyan)
76'  Dennis Hadzikadunic
83'  Pavel Mamaev (Danil Glebov)
83'  Eldor Shomurodov (Kento Hashimoto)
90'  Aleksey Ionov (Alexander Dolgov)

"Tambov" – "Rostov" 0:1

Gol: 0:1 – 21 Mamaev.

"Tambov" – Rijikov, Ribin, CHicherin, Kaplienko, Tetrashvili (Kabaxidze, 68), CHuperka, Balashov (Obuxov, 54), Kostyukov (Karasev, 77), Kilin (SHlyakov, 77), Oyevole, Karapetyan (Panchenko, 69).

"Rostov" – Pesyakov, Osipenko, CHernov, Kozlov, Xadjikadunich, Ionov (Dolgov, 90), Normann, Mamaev (Glebov, 83), Zaynutdinov (Bayramyan, 72), Popov (Eremenko, 71), SHomurodov (Xasimoto, 83).

Ogohlantirishlar: Popov (3), Zaynutdinov (35), Tetrashvili (38), Kostyukov (73), Xadjikadunich (76).



BAHS YAKUNLANDI!

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

83. SHomurodov maydonni tark etdi, uning o'rniga yaponiyalik Xashimoto maydonga tushdi.

81. "Rostov"ni 1ta golli g'alaba qoniqtiradigan ko'rinadi, futbolchilar to'pni ko'proq o'zida saqlashgan va vaqtni cho'zishga urinishmoqda.

73. SHomurodovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Kostyukov sariq kartochka bilan jazolandi.

71. Ionov to'p oldirishidan so'ng "Tambov" futbolchilari qarshi hujumga o'tishdi va uni zarba bilan yakunlashdi. Zarba noaniq.

66. Karapetyan tezkor qarshi hujumga o'tayotgandi, ammo Osipenko sirpanish orqali xavfni bartaraf etdi.

63. Nihoyat SHomurodov sahnada, ammo yana qo'pollik ishlatdi.

58. Uchrashuvdagi barcha gollarni BU ERDA tomosha qilishingiz mumkin.

57. Jamoalar so'nggi 5 daqiqani to'pni bir-biriga oldirib o'tkazishdi. Hujumlar soni juda kam bo'ldi.

50. SHomurodov RPLdagi oxirgi golini karantindan oldin, 29 fevral kuni urgan edi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Mamaev raqib uzatmasini yuzi bilan to'sdi va hozir shifokorlardan yordam olmoqda.

39. Bahsning deyarli 40 daqiqasi o'tdi, ammo SHomurodov juda kam ko'zga tashlanyapti.

36. Normanndan ajoyib zarbaaa! Biroq Rijikov to'pni qaytarib, o'z jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

35. Balashov burnidan qon oqqani tufayli bahs to'xtatildi.

31. SHomurodov raqib jarima maydonchasi ichida turib, to'pni jarima maydonchasiga uzatishga urindi, ammo to'p Eldorning qo'liga tegdi va xushtak chalindi.

30. Zarbalar bo'yicha statistika: Zarbalar 2 - 3, aniq zarbalar 1 - 3.

23. SHomurodovning pasidan so'ng Zaynutdinov darvozaga zarba berdi, ammo posbon to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

21. GOOOL! MAMAEV HISOBNI OCHDI! Popovning qanotdan uzatgan to'pidan so'ng to'p raqib himoyachisiga tegib, Mamaevga etib bordi va Pavel bosh bilan zarba berib, hisobni ochdi.

16. "Tambov" "Rostov" jarima maydonchasi oldida standart ishlab oldi. To'p jarima maydonchasiga uzatildi, ammo himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

12. Hozircha bahsda jamoalar kuchi tengga o'xshab ko'rinyapti.

6. Uchrashuvdagi birinchi aniq zarba "Tambov" tomonidan bo'ldi. Tetrashvilining kuchli zarbasidan so'ng Pesyakov to'pni egallab oldi.

4. Eldorning ushbu bahsdagi dastlabki ko'rinarli ishi fol bo'ldi. U hujumda qoida buzdi.

2. "Rostov" bahsni raqib jarima maydonchasiga uzatmalar bilan boshladi. Dastlabki paslar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Tambov – Rostov

20.30, «Mordoviya Arena»

Tambov – Rijikov, Ribin, CHicherin, Kaplienko, Tetrashvili, CHuperka, Balashov, Kostyukov, Kilin, Oyevole, Karapetyan.

Rostov – Pesyakov, Xadjikadunich, CHernov, Kozlov, Osipenko, Normann, Popov, Mamaev, Ionov, Zaynutdinov, SHomurodov

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика